“Real” gvardiyachilari. Top-12
Kecha oqshom Ispaniya chempionatining 22-turida “Real” mehmonda “Osasuna”ni 3:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Ushbu o‘yin madridliklar sardori – Serxio Ramos uchun ahamiyatli edi. Boisi, 2005 yilda “Real” safiga kelib qo‘shilgan himoyachi uchun kechagi o‘yin 500 chisi edi. “Blankoslar” safida 500 ta o‘yin o‘tkazgan Ramos kechagi o‘yindan so‘ng “Real” safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shu munosabat bilan esa biz sizlarni “Real” gvardiyachilari bilan tanishtirishga qaror qildik.
12. Serxio Ramos – 500 ta o‘yin
Ramos haqida bugungi kunda eshitmagan inson qolmagan bo‘lsa kerak. To‘purar himoyachi sanaladigan Ramos mana 12 yildirki, “Real” safida to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt oralig‘ida 30 yoshli himoyachi “Real” bilan 3 bor La liga, ikki bor Ispaniya kubogi va yana shuncha mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritish bilan birga xalqaro arenada ham qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni ikki marta “o‘ziniki qilgan”.
Bu erda Ronaldu va Messiga o‘rin yo‘q yoxud evropaning eng yaxshi driblingchilari
11. Roberto Karlos – 527

Yana bir to‘purar himoyachi. Roberto Karlos o‘zining aqlbovar qilmas jarima zarblari bilan ham mashhurdir. “Qaymoqranglilar” safida 11 yil to‘p surgan Karlos bu vaqt oralig‘ida 500 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 50 dan ortiq gollar kiritishga erishgan.
Yulduzlar fabrikasi – “Cevilya”
10. Guti – 542

Guti madridliklar tarkibida 1995-2010 yillar oralig‘ida 542 ta uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Xose Mariya bu davr ichida 15 ta turnirda muvaffaqiyat qozondi. Jumladan 3 bora Chempionlar ligasi kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. Guti “Real”dan ketganidan so‘ng, 2 mavsum mobaynida Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasida to‘p surib, faoliyatiga yakun yasadi.
“Hamma hujumga” yoxud bu mavsum top-5 jamoalari orasida eng ko‘p gol kiritgan 5 ta jamoa
9. Michel – 559

1981-1996 yillar mobaynida “Real” sharafini himoya qilgan ajoyib yarim himoyachi Michel faoliyatini aynan Madridda boshlaydi. U “Real” safida o‘tkazgan 15 yili mobaynida 2 marta UEFA kubogida zafar quchadi. Jamoaviy sovrinlarining umumiy soni esa 16 tani tashkil qiladi.
8. Pirri – 561
“Real” to‘purarlari 10 taligiga kirgan Pirri, eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar o‘nligidan ham joy olgan. “Real” safida 1964-1979 yillar davomida 561 o‘yinda maydonga tushgan Pirri klub bilan 1966 yilgi Chempionlar kubogida zafar quchgan.
7. Xose Kamacho – 577
Kamacho ham butun faoliyatini “Real”ga bag‘ishlaydi. U jamoa tarkibida 1973-1989 yillar davomida 577 uchrashuvda maydonga tushadi. Xose “Real” bilan 9 marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Ammo adridliklar bilan 19 sovrin yutib olgan Kamachoga EChLda g‘olib chiqish nasib etmagan.
6. Frantsisko Xento – 599
“Real”ning sadoqatli futbolchilardan yana biri bu Xentodir. Ispaniyalik hujumchi 1953 yilda “Rasing”dan “Real”ga o‘tdi va faoliyatining oxiri 1971 yilgacha Madrid superklubi safida to‘p surdi. Frantsiskoni “Real”ning yana bir afsonasi Raul klub tarixidagi 5 ta futbolchilar qatoriga qo‘shganini aytish joiz.
5. Fernando Yerro – 601

Mana, super to‘purar himoyachi! Yerro “Real”da 14 yil to‘p surib, 601 uchrashuvda 126 ta to‘p kiritgan. 1992 yilgi mavsumda 26 ta gol kiritgani esa, uning qanday hujumchi bo‘la olishidan ham dalolatdir. U madridliklar bilan 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
4. Karlos Santilyana – 645

Madridliklarning 3-raqamli to‘purari, gvardiyachilar safida 4-o‘rinni egallamoqda. Santilyana 1971-1988 yillar ichida 645 uchrashuvda maydonga tiushib, 289 ta gol kiritgan. Karlos klub bilan birga 2 bora UEFA kubogida muvaffaqiyat qozondi. Bundan tashqari La ligadagi g‘alabalari soni esa 9 tani tashkil qiladi.
3. Manuel Sanchis – 711

Sanchis ham butun faoliyatini “Real”ga bag‘ishladi. U madridliklar tarkibida 18 yil davomida 711 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Manuel 2 bora Chempionlar ligasida zafar quchdi va “qirollik klubi” safida qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni jami 22 tani tashkil etadi.
2. Iker Kasilyas – 678

“Real” tarixidagi eng yaxshi darvozabon bu shubhasiz Kasilyasdir. Hozirda “Portu” safida to‘p surayotgan Iker madridliklar darvozasini 1999 yildan to 2015 yilga qadar himoya qilib, 678 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Kasilyas bu davr ichida “galaktikos” bilan 18 ta turnirda bosh sovringa ega chiqqan.
1. Raul – 741

Raul ham yuqoridagi jamoadoshlari singari faoliyatini “Real”da boshladi. Biroq unga ushbu klub safida faoliyatini tugatish nasib etmadi. Hujumchi “Real” zaxirasida o‘tirishdan ko‘ra, boshqa klubning asosiy tarkibida maydonga tushishni lozim deb bildi. Raul “galaktikos” tarkibida 1994-2010 yillar davomida 741 bellashuvda maydonga tushib, 323 ta golga mualliflik qiladi. Madridliklar bilan 16 ta titulni qo‘lga kiritadi va 31 ta shaxsiy sovringa ega chiqadi
Shahzod Xolboev tayyorladi



Fikrlar