Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar
Ertaga Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga o‘zi tug‘lib katta bo‘lgan Madeyrada Xalqaro aeroport nomi “Krishtianu Ronaldu Madeyra aeroporti”ga rasman o‘zgaradi. Ushbu tantanali marosimda futbolchining o‘zi, qolaversa, mamlakat prezidenti va bosh vaziri shaxsan ishtirok etishi kutilmoqda. Quyidagi maqolamizda esa aynan futbolchilar sharafiga qo‘yilgan narsa va predmetlar nomlari haqida haqida hikoya etmoqchimiz.
>>“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
“Ryanaldo" samolyoti

Irlandiyaning “Ryan air” kompaniyasi yuqoridagi xolat munosabati bilan o‘z nomi va Ronalduning ismini uyg‘unlashtirib, o‘z samolyotlaridan birini “Ryanaldo” deb nomlagan edi.
>>Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
Best-Lafferti aeroporti

Shimoliy Irlandiya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Jorj Best sharafiga Belfast shahridagi bosh aeroport uning nomi bilan ataladi. Shuningdek, Evro-2016 paytida bir kun aeroport nomi terma jamoaning boshqa bir hujumchisi Kayl Lafferti nomi bilan ham ataldi.
Krishtianu Ronaldu galaktikasi
Ikki yil oldin portugaliyalik soxa mutaxassislari tomonidan yangi galaktikaga “CR7” nomi berildi. Qayd etib lozimki, bu galaktika quyoshdan trillion marta yorqinroqdir.
Drogba stadioni
Kot-d`Ivuarning “Levallua” klubi o‘z stadioni nomini tarbiyalnuvchisi Dide Drogba sharafiga qo‘ydi. Darvoqea, Frantsiyada ham “Stad Dide Drogba” stadioni ham mavjud.
Maradona stadioni va cherkovi
Argentinada Maradonaning nufuzi mamlakat prezidenti va Rim papasinikidan aslo kam emas. Maradonaning ilk klubi - “Arxentinos Xuniors” jamoasi uy stadioni aynan futbolchi sharafiga qo‘yilgandir. Bundan tashqari Diego nomidagi cherkov ham mavjud.
Park Ji Sun yo‘li
Janubiy Koreyalik futbolchi o‘zi tug‘lib o‘sgan Suvon shahrini poytaxt Seul bilan bog‘lovchi yo‘lni uning nomi bilan atashgani uchun g‘ururlansa arziydi.
Klaff shossesi
Angliyalik murabbiy Brayan Klaff sharafiga u tug‘ilib o‘sgan Derbi va ish joyi bo‘lgan Nottingem shaharlarini bo‘glovchi shossega uning nomi berilgan. Ma’lumot uchun Brayanning o‘zi ham har kuni anashu yo‘ldan qatnagan.
Kroyf asteroidi
2010 yil diametri to‘qqiz kilometrlik asteroid aynan Kroyf nomi bilan ataladi. Asteroid quyosh sistemasini besh yil, uch oy 18 kunda aylanib chiqadi.
Arsen Venger asteroidi
2007 yil “Arsenal”ning ashaddiy muhlisi bo‘lgan angliyalik astronom Ien Griffin o‘z muhlislik qiladigan jamoa ustozi nomini osmon jismiga beradi.
Ko‘chalar
Setubal shahrining markaziy ko‘chalaridan biri “Special one way” deb ataladi. Angladingiz, bu Joze Mourino tug‘ilib o‘sgan shahar va aynan uning nomi ulug‘langandir. 2013 yil esa Venetsiya yaqinidagi Ezolo shahridagi ko‘chalardan biri Alessandro Del Pero nomi bilan atlgan bo‘lsa, Maridada Visente Del Boske nomidagi hiyobon mavjuddir. Kasilyas nomi esa Montolese shahrida ulug‘ashtirilgandir. Argentiananing El Chalanare shahrida terma jamoa 2014-yilgi JChda finalga chiqqani uchun Lionel Messi va Xaver Maskerano nomidagi ko‘chalar paydo bo‘ldi. “Spartak” klubi asoschisi Nikolay Starostin sharafiga qo‘yilgan ko‘chalar ham mavjuddir. Ular Moskvaning Novokosino va Kosino-Ustomskiysida joylashgan.
>>Ispaniyada tayinli hujumchi chiqmaganmi yoxud “qizil furiya” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Beyl shahri
Garet Beyl sharafiga esa butun boshli shahar uning nomi bilan atalgan. To‘g‘ri bi faqat bir kun, ya’ni Uels hamda Angliya terma jamolari o‘rtasidagi baxs kuni ro‘y bergan xolos. Aslida bu shahar nomi Bala bo‘lib, faqatgina so‘nggi harf o‘zgartirilgan edi.
>>Uels terma jamoasi to‘purarlari. Top-5
Jerrard uyi
Bigungi kunda faoliyatini tugatgan Stiven nomi bilan ataladigan uy mavjud. E’tiborlisi u Angliyada emas, balki, BAAning Dubay shahrida joylashgandir. Bu hodisa 2008 yilda bo‘lgan edi va futbolchiniga o‘ziga esa bonus sifatida Jerrard to‘p suradigan sakkizinchi raqamga mos ravishda aynan sakkizinchi qavatdan 1,2 mln funt turadigan uy sovg‘a qilishadi.
Rayt tramvayi
Aynan o‘sha yili Angliya terma jamosining sobiq futbolchisi Billi Rayt sharafi tufayli Midlens shahrida ettinchi yo‘nalishda harakatlanuvchi tramvayga uning nomi beriladi.
Le Tisse samolyoti
Mett Le Tisse nomi bilan Ingliz aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan birini ataydi. Samolyot o‘zining esa ilk parvozini futbolchi tug‘ilgan Gernsi orolidan, u to‘p suradigan jamoa shahri bo‘lmish Sautgemptonga amalga oshirgan.
Ibragimovich qidiruv tizimi
Shvetsiyada esa Ibragimovich haqiqiy “avliyo” darajasiga chiqib ulgurgan. “SweetPop” marketing agentligi uning nomidagi qidiruv tizimini yo‘lga qo‘yadi. Tizim to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Google”ga ulangandir. Har sahifa ochganingizda esa Zlatanning “Vikipediya” tarmog‘idagi sahifasi ham ochiladi.
Zlatan nomi bilan “Dodds cafe” restoranlar tarmog‘i “Le Zlatan Burger”ni tayyorlashadi. Uning narhi 25 evroni tashkil etadi.
Pele kofesi
Futbolchilar nomi xattoki oziq-ovqatlar orasida ham uchraydi. Masalan afsonaviy Pele nomi bilan “Café Pele” deb nomlanuvchi kofelar ishlab chiqarilgan.

Raneri sosiskalari
“Lester”ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatidan so‘ng mahaliiy go‘sht savdogarlari bosh murabbiy Klaudio Raneri nomi ostidagi sosisklarni ishlab chiqara boshlagan edilar.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- So‘nggi daqiqalar talvasasi
- Mashxur futbol muxlislari. DJ Pilligrimdan Sevara Nazarxongacha...
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar