“Selta” – “Genk” o‘yiniga oid faktlar
Bir necha soatlardan so‘ng Evropa ligasi chorak finali doirasidagi “Selta” va “Genk” jamoalari o‘rtasidagi bahs boshlanadi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur bahsga oid eng sara faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
>>“Anderlext” – “Manchester Yunayted” o‘yiniga oid faktlar
>> “Bavariya” – “Real” uchrashuviga oid faktlar
>>“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar
1. “Selta” faqatgina 2003/04 yilgi mavsumda Belgiya jamoasiga ro‘baro kelgan;
2. O‘shanda “Selta” klubi “Bryugge” bilan EChL doirasida to‘qnash keladi. Qizig‘i har ikkala o‘yinda ham 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
3. “Genk” ispan jamoalari bilan 8 bor ro‘baro kelgan. Natijalar quyidagicha: 1 g‘alaba, 4 durang, 3 mag‘lubiyat;
>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar
4. “Genk” bu mavsum Ispaniyaga tashrif buyurishga ulgurdi. “Atletik” bilan bahsda belgiyaliklar 3 bor to‘p kiritgan bo‘lsalarda, yakunda mag‘lubiyatga uchrashgan – 3:5;

5. “Selta” so‘nggi bor evrokuboklar chorak finalida 2000/01 yilgi mavsumda o‘ynagan. O‘shanda vigoliklar UEFA kubogi turniri doirasida “Barselona”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan;
6. “Genk” esa ilk bor evrokuboklar chorak finalida o‘ynamoqda(2004 yil Intertoto kubogi yarim finalga chiqqanini inobatga olmasa);
>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar
7. “Selta” hujumchisi Yon Gvidetti Shvetsiyada o‘tadigan finalda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 3 shveddan biridir. Qolgan ikki shvetsiyaliklar Zlatan Ibragimovich(“MYu”) va Isaak Kize-Telin(“Anderlext”)lardir;
8. Bu mavsum mazkur turnirda “Selta” yarim himoyachisi Pablo Ernandesga nisbatan juda ham ko‘p qoida buzilmoqda. 732 daqiqa o‘ynagan Pabloga nisbatan o‘rtacha har 28 daqiqada fol ishlatilgan;

9. Belgiya klubi bu mavsum xalqaro maydonda safarda umuman g‘alaba qozona bilmagan – 1 durang va 3 mag‘lubiyat;
10. “Genk” “Selta” haqida Xose Naranxodan yaxshigina ma`lumotlarni olgan bo‘lsa kerak. Boisi, belgiyaliklar safiga fevralda kelib qo‘shilgan 22 yoshli futbolchi bu mavsum “Selta” safida o‘ynagan.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar