
Angliya kubogi finali oldidan Husanov muxlislariga xushxabar!
17 may kuni “Manchester Siti” futbolchilari Angliya kubogi finalida “Kristal Pelas” bilan kuch sinashadi. Uchrashuvga Londondagi mashhur “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi.
Joriy yilning 20 yanvarida Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tganidan beri o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Xosep Gvardiola jamoasiga muxlislik qila boshladi. 21 yoshli legionerimiz uchun ham Angliyadagi faoliyat juda muvaffaqiyatli boshlandi.
Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuv o‘tkazgan hamyurtimiz fevral oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etildi.
Biroq Xosep Gvardiola muayyan sabablarga ko‘ra, Husanovni oxirgi bir yarim oyda umuman maydonga tushirgani yo‘q. Ayniqsa, Premer-liganing oxirgi ikki o‘yinida uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmagani Abduqodirning muxlislarini ancha xavotirga solib qo‘ydi.
“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan cityxtra.co.uk portali Angliya kubogi finaliga bag‘ishlangan maqolada o‘zbekistonlik ishqibozlarga yoqadigan ma’lumotlarni ham berdi. Unga ko‘ra, murabbiylar shtabi Abduqodirni ham o‘yin bo‘ladigan London shahriga olib keldi.
Sports.uz portali ushbu maqolani o‘zbekistonlik muxlislari e’tiboriga havola qiladi.
- “Manchester Siti”ning Angliya kubogi finalida “Kristal Pelas” bilan bo‘ladigan o‘yinga jalb etilgan 28 futbolchidan iborat to‘liq tarkibi ma’lum bo‘ldi.
“Shaharliklar” qatorisiga uchinchi bor mamlakat miqyosidagi eng nufuzli kubok musobaqasi finalida ishtirok etadi. Bu musobaqa Evropa futbolida ham yuqori mavqega ega.
“Siti” futbolchilari oxirgi uch yilda ikkinchi bor Angliya kubogini qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Bu jamoa 2023 yili tarixiy trebl qayd etganida ushbu sovringa ega chiqqan edi. O‘shanda Ilkay Gyundog‘an “Uembli” tarixidagi eng tezkor golni urgan va “shaharliklar” aynan uning ikki goli evaziga “Manchester Yunayted”ni 2:1 hislobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
O‘tgan yilgi finalda ham Manchesterning ikki klubi yana o‘zaro to‘qnash keldi va bunisida “Yunayted” 2:1 hisobida zafar quchdi.
Joriy mavsum jamoaning jismoniy tayyorgarligidagi muammoalar va jarohatlarning ko‘pligi tufayli ancha qiyin o‘tdi. Biroq oxiriga kelib, tunnelning narigi tomonida yorug‘lik ko‘rina boshladi. “Manchester Siti” mavsumni hech bo‘lmaganda Angliya kubogi bilan yakunlash imkoniga ega.
Hal qiluvchi pallada jarohat tufayli uzoq davolangan o‘yinchilar safga qaytgani quvonarli hol bo‘ldi. Oxirgi payta Rodri va Oskar Bobb maydondagi mashg‘ulotlarda faol ishlayapti, Natan Ake ham operatsiyadan keyin mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Shu tariqa, Pep Gvardiola Londonga 28 nafar futbolchisini olib keldi. “Uembli”dagi o‘yinda ishtirok etish uchun ulardan 20 tasini qaydnomaga kiritish mumkin.
London kelgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar:
Ederson, Stefan Ortega Moreno, Skott Karson.
Himoyachilar:
Ruben Dias, Manuel Akanji, Jon Stounz, Yoshko Gvardiol, Natan Ake, Riko Lyuis, Niko O’Reyli, Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Mateus Nunes.
Yarim himoyachilar:
Niko Gonsales, Rodri, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundog‘an, Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Klaudio Echeverri, Jeyms MakEti, Fil Foden.
Hujumchilar:
Oskar Bobb, Savino, Umar Marmush, Erling Xoland, Jek Grilish, Jeremi Doku.
Londonga jamoa bilan kelgan ayrim futbolchilar o‘yinda qatnasha olmasligi hozirdan ma’lum. Jon Stounzga uchrashuvda biror rol berilmaydi, u faqat jamoaning umumiy tarkibida sheriklarini qo‘llab-quvvatlab turadi.
Xuddi shu gapni Klaudio Echeverriga nisbatan ham ishlatish mumkin. Xosep Gvardiola bu uchrashuv uchun endigina jarohatidan forig‘ bo‘lgan Rodrini ham xavf ostiga qo‘ymaydi.
Yana bir muhim jihat, Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”dagi o‘n yillik faoliyatida “Uembli”dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. “Shaharliklar” mashhur yulduzni Angliya kubogini taqdim etgan holda kuzatib qo‘yish imkoniga ega, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk portali jurnalisti Freddi Pay.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov jamoasining mashg‘ulotlarida faol ishtirok etmoqda va bo‘lajak uchrashuvga har tomonlama tayyor. Endi bor gap Xosep Gvardiolada qoldi. Ispaniyalik mutaxassis legionerimizni “Kristal Pelas” bilan bo‘ladigan bahs qaydnomasiga kiritishi va unga Angliya kubogi finalida o‘ynash imkonini berishiga umid qilib qolamiz!
Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!
Fayzullaev eng zo‘r o‘yinini Superfinalda ko‘rsatadi!
Husanovni yana qozoq futbolchisini bilan solishtirishdi. Bu gal xulosa boshqacha bo‘ldi!
Husanov jamoasidan “yondiradigan” xabar!
O‘zbek legioneriga qo‘pollik qilgan futbolchi uch o‘yinga haydaldi
Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda
Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!
Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!
Fikrlar