“Barselona” faxriysi Fayzullaevga maslahat berdi
Rossiya Premer-ligasi birinchi davrasining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaevning Evropaga ketish imkoniyati eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hisoblanadi.
16-turda legionerimiz “Dinamo” darvozasini ishg‘ol qilgani va yana bitta golli pas uzatganidan keyin rossiyalik jurnalistlar Abbosdan intervyu oldi. Fayzullaev kelajakda qaysi jamoada o‘ynamoqchi ekani haqidagi savolga ham javob berishiga to‘g‘ri keldi.
Bolaligidan “Barselona”ga muxlislik qilayotgan Abbosbek Fayzullaev kelajakda aynan kataloniyaliklar safida to‘p tepishni orzu qilishini aytganidan keyin bu mavsum muhokamasi yanada ko‘paydi.
O‘z davrida TsSKA va “Barselona”da o‘ynagan rossiyalik mashhur futbolchi Igor Korneev bu borada o‘zbek futbolchisiga maslahat berdi.
- Fayzullaev TsSKA loyihasida eng muhim o‘yinchi darajasiga ko‘tarilish uchun kerakli bo‘lgan barcha xususiyatlarga ega. Lekin ko‘p narsa futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha, u faqat maqtovlar bilan chegaralanib qolyapti.
Fayzullaevning tez orada ketishi haqida nima deyin mumkin? Qaergadir ketish borasida shoshilishdan hech qanday ma’ni yo‘q. U TsSKA asosiy tarkibidagi joyini mustahkamlashga e’tibor qaratishi zarur, - dedi Igor Korneev.
Bu masala rossiyalik futbol ishqibozlari orasida ham keng muhokama qilinyapti.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rus saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola qiladi.
Serg100555:
Abbosbek chempionat oxirigacha yaxshi saviyada o‘ynab bersin. U yog‘ini keyin ko‘ramiz. O‘yinchining imkoniyatini baholash uchun bir mavsum kamlik qiladi. Uning darajasi barqarorlik bilan o‘lchanadi. Hech bo‘lmasa, TsSKAda ikki yil o‘ynashi tarafdoriman.
Bruno2611:
Boshqa jamoa o‘tishiga hali juda erta. “Barselona” o‘tishni orzu qilayotgan bo‘lsa, jismonan va ruhan tayyorlanishi kerak.
Kovfun-barrios:
Abbbos ham xuddi Shomurodov va Kvaratsxeliya singari Evropaga yo‘l olishi kerak. Yo‘qsa, faoliyatida pasayish bo‘ladi. Chalov, Akinfeev, Oblyakov va Zabolotniy singari o‘yinchilar bilan TsSKAda hech narsaga erisha olmaydi.
Ase1:
Hozir “Barsa”da Gavi jarohat olgan. Shuni o‘rniga o‘tsin. Tashqi ko‘rinishi ham o‘xshash.
Joker69:
“Barsa”ning davri o‘tib bo‘lgan. Hozir “Manchester Siti”, “Real”, “Bavariya”da o‘ynash moda.
zritely2017:
Nega “Manchester Siti”ga o‘tmaysan?
Graciegold:
Messining xiyonatidan keyin “Barsa” o‘ziga kelgani yo‘q.
Mikredarmy:
Fayzullaev “Barselona”ga o‘tishiga imkon bor. Hozir esa, har ikki bo‘limda faol o‘ynashni o‘zlashtirishi kerak. Kuchsiz ligadan keyin biroz qiynalyapti. Golovin ham shunday bo‘lgandi.
Xavimessi:
Nega hozirgi futbolchilar “Bavariya”, “Liverpul”, “Real”da o‘ynashni orzu qilmayapti. “Barsa”da nima bor?
Locomotive Breath:
“Barselona”ni bilmadimu, lekin aniq Evropaga olib ketishadi. Bu yigit zo‘r futbolchi.
Sihafazatron:
Hozircha bu imkonsizdek ko‘rinadi. TsSKAda zo‘r o‘yinchi ekaningni ko‘rsat, foyda keltirdi. Mana ko‘rasan, seni Evropaga chaqirishadi. Omad tilayman.
Fayzullaev: “Barselona”da o‘ynamoqchiman!
Yana qaysi ikki futbolchimiz Rossiyaga ketishi mumkin?
TsSKA murabbiy gol urib, assist qilgan Fayzullaev o‘yinini qanday baholadi?
Buni Fayzullaevdan hech kim kutmagandi
Legionerimiz: Asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorligimni isbotlayman
Fikrlar