Eng mashhur murabbiy Fayzullaevni tanladi

  • 16 dekabr, 2023, 16:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abbosbek Fayzullaev uchun 2023 yilgi mavsum juda muvaffaqiyatli o‘tdi. Iste’dodli futbolchimiz yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, o‘zi muxlislik qiladigan Lionel Messining yurti – Argentinada o‘tkazilgan jahon chempionatida mahorat ko‘rsatdi.

Tecno

Shu bilan birga 20 yoshli futbolchimiz Moskvaning TsSKA klubiga ko‘chib o‘tib, ilk bor legioner maqomini oldi. Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasidagi debyuti juda omadli chiqdi va hamyurtimiz “armiyachilar”ning hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatmoqda.

30771.121562.IMG_4000

Abbosbek o‘yini Rossiya futbolida nom qozongan murabbiy va mutaxassislarning e’tirofiga ham sazovor bo‘lyapti. Xususan, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi bosh murabbiyi sifatida uch karradan mamlakat chempioni va Superkubok sohibi, olti marotaba Rossiya kubogi g‘olibi, Kievning “Dinamo” jamoasi bosh murabbiyi sifatida Ukraina chempionati va Superkubogi g‘olibi bo‘lgan Yuriy Syomin ham o‘zbek legioneriga yuqori baho berdi.

- Menga bu mavsum TsSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullaev juda yoqdi. Bu yigit ajoyib o‘ynayapti. Shuningdek, chempionatning birinchi qismida Konstantin Tyukavinning harakatlari ham ma’qul keldi.

Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida kimni tanlayman?  Albatta, Abbosbek Fayzullaevnida, - dedi Yuriy Syomin.

TsSKA murabbiylar shtabi vakili Murat Iskakov esa, rossiyalik yosh futbolchilarga o‘zbek legioneri Abbosbek Fayzullaevni o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Bu mutaxassis hamyurtimizning kamtarinligiga alohida e’tibor qaratdi.

- Ko‘pchilik rossiyalik yosh futbolchilarning takabburligi haqida gapiradi. Mengu ba holat ko‘rinadimi? Ha, ko‘rinadi. Yosh o‘yinchilarimiz asosiy tarkibga kirishi bilan boshqa odamga aylanib qoladi. Tabiiyki, bu gap hammaga ham tegishli emas.

Lekin shunaqalari bor. Darrov yulduzlik kasaliga uchraydi va atrofdagilar bilan munosabati o‘zgarib qoladi. Ularga tanbeh bersang, ustingdan kuladi, e’tiroz qiladi.

Abbosbek Fayzullaev ana shunday o‘yinchilar orasida mehnatkashligi va kamtarinligi bilan yaqqol ajralib turadi. Mashg‘ulotlarda ter to‘kib, asosiy tarkibda o‘ynashga  loyiq ekanini isbotlaydi.

Fayzullaev juda iste’dodli futbolchi, ko‘z tegmasin, - dedi Murat Iskakov.

CSKA-Krasnodar

20 yoshli futbolchimiz “Paxtakor”dan TsSKAga avgust oyida 500 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Abbos Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘qqizta golli pas uzatdi.

Legionerimiz mana shunday muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli ko‘pchilik e’tiboriga tushdi. Transfermarkt portali ekspertlari so‘nggi to‘rt oy ichida Abbosning narxini ikki marotaba ko‘tardi. Bugungi kunda Fayzullaevning transfer summasi 4 million evroga baholanmoqda.

Abbosbek Fayzullaev og‘ir yukni elkasiga olyapti!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan “paxtakorchi”: Fayzullaev menga o‘xshamaydi!

Rossiya klubi o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Ranerining Shomurodov haqidagi gaplari rost chiqdi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!