Fayzullaev meni hayratga solishi kerak!

  • 13 sentabr, 2023, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Moskvaning “Lokomotiv” klubi afsonalaridan Vladimir Maminov Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimizdan biri Abbosbek Fayzullaev haqidagi savollarga javob berdi.

Maminov o‘zbek futboli uchun begona emas. O‘z davrining eng zo‘r yarim himoyachilaridan bo‘lgan bu futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan. U 2001-2005 yillar davomida milliy terma jamoada 12 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan.

vladimir-maminov-ryzarskiy-mech

Vladimir Maminov “Lokomotiv” safida ikki karradan Rossiya chempioni va Superkubok g‘olibi, besh karra Rossiya kubogi sohibi, MDH chempionlar kubogi chempioni bo‘lgan.

Jurnalistlar Vladimir Maminovdan Abbosbek Fayzullaev haqidagi savollarga javob berishni so‘radi.

— Fayzullaevning TsSKAga transferi uning foydasiga ishlaydimi?

— Buni aniq ayta olmayman. Chunki hali bo‘ o‘yinchini yaxshi bilmayman.Lekin Abbosbek meni hayratga solishiga umid qilaman.

— Uning antropometrik ko‘rsatkichlari pastroq. Buni nimaning evaziga qoplay oladi?

TsSKAda tajribali selektsionerlar ishlaydi, deb hisoblayman. Fayzullaevning boshqa sifatlari evaziga olishgandir, xususan, tezkorlik, texnikasining kuchliligi va aqlli futbolchi ekani kabi.

Buni hali bilib olamiz. Zamonaviy futbolchi aqlli futbolchilarning qadri tobora oshib bormoqda.

abbos.fs_

Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” fubol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumkor futbolchi 2021 yilning boshida “Paxtakor”ning asosiy tarkibiga qabul qilingan edi. Maydondagi asosiy pozitsiyasi o‘ng qanot hujumchisi ekaniga qaramay, Abbosbek markazda va chap tarafda ham ishonchli o‘ynay oladi.

Universal futbolchi O‘zbekiston Superligasi “Paxtakor” uchun jami 33 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol va uchta assist qayd etgan. Mamlakat kubogida uchta uchrashuvda bir juft to‘p kiritgan.

Osiyo Chempionlar ligasida etti marotaba maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Abbosbek ko‘plab klublar nigohida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali tushdi. 20 yoshgacha futbolchilardan tarkib topgan jamoamiz 2023 yilning boshida Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqdi. Abbosbek Fayzullaev shu musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Yozda futbolchilarimiz Argentinadagi jahon chempionatida to‘p tepdi. Fayzullaev mundialda ham o‘z mahoratini namoyish qildi.

Iste’dodli o‘yinchi bir necha klublar qiziqish bildirayotganiga qaramay, faoliyatini TsSKAda davom ettirishga qaror qildi.

Abbos Rossiya Premer-ligasida ikki marotaba zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. 19 futbolchimiz Rossiya kubogi doirasidagi bir uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs

Ayni paytda Fayzullaev TsSKA ichki raqobatida g‘olib chiqib, asosiy tarkibdan joy olishga harakat qilmoqda.

Shomurodovga yordam kerak!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Uzbek ligion
12/09/2023 21:11
Mana isbotladi xam eronga gol
Bexzod Azamatov
12/09/2023 16:24
Abbosbek 2 yoshida yura boshlagan, u 7 yoshida maktabga chiqqan. uning birinchi ustozi bla bla bla
Mavlonov Husan
12/09/2023 08:38
Paxtakorda kam o‘yin o‘tkargan asli qaysi futbol internati tarbiyalanuvchisi haqida gapirilib reyting hisob kitobi olib borilsa, talant uchun konkurs ortsagina iqtidorlilar ko‘milib ketmaydi, u milliy jamoalarga o‘yinchi bo‘lish g‘irt korrupsiya, ikkinchidan yoshlar futbol internatni tanlashga yaxshi
Pardayev Shavkat
11/09/2023 20:16
"19 футболчимиз Россия кубоги доирасидаги бир учрашувни бошланғич таркибда бошлади."
Эй корректор! Бу нима деган гап, а?