Fayzullaevni 30 million evroga sotinglar...

  • 1 dekabr, 2023, 03:30
  • 0
  • Futbol

Rossiya Premer-ligasi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga tramplin hisoblanadi. Ayniqsa, Eldor Shomurodov uch yil muqaddam “Rostov”dan kuchli beshlik chempionatlari qatoriga kiruvchi A Seriyaga transfer qilinganidan keyin uning yo‘lini takrorlashni istaydiganlar ko‘paydi.

Evropani ko‘zlayotgan futbolchilarimizdan yana bir Abbosbek Fayzullaev. Avgustda “Paxtakor”dan TsSKAga o‘tgan legionerimiz kelajakda kuchli ligalarda o‘ynash istagi borligini yashirmayapti.

O‘z navbatida, rossiyalik futbol ishqibozlari ham o‘zaro muhokamalarda o‘zbek legioneri masalasiga alohida e’tibor qaratgan.

volga (1)_1

Sports.uz portali rossiyalik fanatlarning Fayzullaev haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola qilishda davom etadi.

Artem Gladskix:

Abbos hurmatimizni qozondi. Mana talant!

KasperSurgut:

Abbos bir yildan keyin Evropaning kuchli ligalarida javlon urayotgan bo‘ladi. TsSKA juda sifatli o‘yinchini oldi. Uni kuchli klublarga transfer qilish ham qiyin bo‘lmaydi.

Pok_Toholo:

Abbosning hujum qilayotgandagi engil harakatlari va texnikasi hayratga solyapti. Barchasini yuzidagi tabassum bilan amalga oshiryapti. Bu borada TsSKAda porlagan Vagner Lavga o‘xshash tomonlari bor ekan.

Angry Horse:

Abbosga muxlislik qilyapman, jamoaning haqiqiy motoriga aylandi. Skautlar ham har doim “xoda” o‘yinchilarni olib kelmasdan, ishlasa zo‘rlarini topa olarkan.

CooL-CooL:

Abbosning omadi keldi. Agar sanktsiyalar bo‘lmaganda, o‘yinchilarni boshqa tomonlardan qidirib yurishar edi.

Riverman1980:

Vladimir Fedotov yana bir texnikasi zo‘r o‘yinchini kashf qildi.

Shuller18:

Fayzullaev texnikasini namoyish qilishdan tashqari, maydonda mehnat ham qilmoqda. Aynan mehnatkashlik qobiliyati Karraskalga etishmagan edi. Hozir “Dinamo”ga o‘tib ham, hech nimani qoyillatgani yo‘q. Qolaversa, “Dinamo”ning hozirgi murabbiyi Lotin Amerikasi futbolchilari bilan ishlashda katta tajribaga ega.

Ibn Xottabich:

Abbos jamoa motori. Juda engil va yumshoq o‘ynaydi. To‘p bilan harakalari yoqadi. Bu yigit ikki qadam oldinni ko‘zlab o‘ynaydi. Maydonni ko‘ra olish qobiliyati zo‘r. Shuncha iqtidori bilan qora mehnatdan qochmaydi.

Gosha Petrov:

Fayzullaev transferida “Paulino, Yaziji, Tukavinni kutgan edik, bor-yo‘g‘i Fayzullaev, degani keldi”, deb jar solgan sharhlovchilar va ularni qo‘llab-quvvatlagan ayrim fanatlar hozir qaerda? Qanisizlar, ovoz bering!

Aleksey Polienkov (Gosha Petrovga javoban):

Fayzullaev bir porlashini hech kutmagan edi. U O‘zbekiston chempionatida ham boshqalardan ajralib turmagan. TsSKAnga zaxira va kelajak uchun olib kelingan edi. Lekin amalda hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi.

Novyy trener FK Spartak:

Fayzullaevni qishda turklarga 30 million evroga sotinglar!

Aleksey Polienkov (Novyy trener FK Spartak fiuriga javoban):

Shoshib arzon berib yuborishmasa bo‘ldi...

Andrey Biryukov:

Hozirdan ko‘p maqtamaylik. Abbosning jamoada ishlari yurishib ketdi, gol urdi, bir necha golli uzatmalar berdi, TsSKA uchun kurashyapti, balli! Lekin TsSKA tarixida faoliyatini zo‘r boshlab, keyin ko‘rinmay ketgan o‘yinchilar ham bo‘lgan.

Brennet (Andrey Biryukovga javoban):

Vahima qilmang. Golovinning porlayotganiga bir qarang. U hozirda TsSKAda ham, Rossiyada ham emas.  Evropada o‘ynayapti. Shuning uchun Abbosbekning zo‘rligini tan olaylik, chunki u hozir biz muxlislarni quvonchiga sabab bo‘lyapti.

Arthur Nowack:

Selektsiya bo‘limidagilar istasa va ishlasa, Abbosdek yaxshi futbolchi topa olar ekan.

TheSportNik:

Boshida ayrim fanatlar TsSKA skautlariga “Kimni olib kelding?”, deb dag‘-dag‘a qilgandi. O‘zbek futbolchisini esa, avvaldan maqtab kelishgan, “O‘zbek Messisi”, deb atashgan edi.

455ae46f5f7a5a8e5cf8630317ae4128653ea9ded8d33757155178

Yuriy Korol:

Abbosni boshqa klubga kamida uch yildan keyin transfer qilish lozim.

Groznyi2024:

Kuchli klublar Abbosni olib ketsa kerak!

Fayzullaev bo‘lmaganida hujumchilarimiz to‘p kelishini kutib o‘tirardi...

Fayzullaevni olib ketishadi! TsSKA muxlislari Abbos haqida yana nimalar deyapti?

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)

Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!