Gvardiola Husanovni o‘ynatmagani qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi
Qozog‘istonning nufuzli manbalaridan biri – sports.kz sayti qozog‘istonlik sharhlovchi Oljas Baybosinning “Fonteam” YouTube kanalida Abduqodir Husanovni o‘ynatmagani uchun “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga e’tiroz bildirgani haqida ma’lumot chiqardi.
Sports.uz saytihttps://sports.uz/ ushbu intervyuni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni ma’qul topdi.
- Husanov klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida atigi bitta uchrashuv o‘tkazdi, shunda ham uni zaxiraga olishdi. O‘ylab qarasak, markaziy himoyachini zaxiraga olish – absurd. Pep Gvardiola O‘zbekistonda eng yoqimsiz odamga aylanib qolyapti.
- Bu o‘rinda Nunesh, Gvardiol, Ayt-Nuri borligini ham aniq aytish kerak. Husanovga joy yo‘qdir.
- Ayt-Nuri qanot himoyachisi. Nunesh jamoa darajasiga mos emas, degan bo‘lardi. “Manchester Siti” markaziy himoyachilarni tanlashda ilgari hech qachon nomlar va avvalgi xizmatlarga qaramagan.
- Husanov raqobatda yutqazayotganini tan olish kerakdir.
- Husanovning XG ballari yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarnikidan yuqori bo‘lib turgan paytda qanday qilib, raqobatda yutqazyapti deyish mumkin...
Xosep Gvardiola AQSh maydonlarida o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davomida Abduqodir Husanovni to‘rtta uchrashuvdan faqat bittasida tarkibga kiritdi.
21 yoshli legionerimiz Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan guruh bosqichidagi o‘yinda boshlang‘ich tarkibga maydonga tushi, jami 61 daqiqa harakat qildi. O‘yin manchesterliklarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Xosep Gvardiola “Lans”dan “Manchester Siti”ga o‘tganidan beri Angliya Premer-Ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta bahsda qatnashgan o‘zbekistonlik himoyachini muntazam mart oyidan beri maydonga tushirmay kelayotgan edi.
Ayrim manbalar ispaniyalik mutaxassisning bu qarorini “Manchester Siti” Abduqodir Husanovni transfer qilgan “Lans”ga qo‘shimcha besh milliy evro miqdorida bonus to‘lamaslik uchun qabul qilinganligini yozdi. Unga ko‘ra, o‘zbek futbolchisi yarim mavsum davomida o‘nta uchrashuvda qatnashsa, kelishuvga binoan bonus tizimi ishga tushishi belgilangan ekan.
Shundan kelib chiqib, muxlisu mutaxassislarning katta qismi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ko‘proq imkoniyat berishini kutgandi. Biroq amalda bunday bo‘lmadi.
Endi “Manchester Siti” bor e’tiborini yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishga qaratadi. Xosep Gvardiola shogirdlari Premer-liganing birinchi turini 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Tezkor: Shomurodov qaysi jamoani tanladi?
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi
Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!
Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?
Fikrlar