
Ibrohimovich zo‘rligini isbotlab qo‘ydi!
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich muxlisu mutaxassislarni hayratga solishda davom etmoqda.
39 yoshli futbolchi A Seriyaning navbatdagi uchrashuvida “Napoli” darvozasini ikki marta aniq nishonga olib, milanliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi va jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Shu tariqa, shvetsiyalik to‘purar o‘zi ishtirok etgan ketma-ket sakkizinchi uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Bungacha Italiya chempionatida o‘ynagan “Milan” futbolchilarining hech biri sakkizta o‘yinda uzluksiz gol ura olmagan.
Ibrohimovichning o‘zi joriy mavsumdagi gollari sonini o‘ntaga etkazib, to‘purarlar bahsida yana bir “qariya” – Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.
Fikrlar