“Lans” Husanovni kuzatib qo‘yadi

  • 16 mart, 2024, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Frantsiya futboli, xususan “Lans” faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan lensois.com  sayti jurnalisti Kristof Shaad jamoaning o‘zbekistonlik legioneri Abduqodir Husanov tez orada klubni tark etadi, deb xabar tarqatdi.

Bunga sabab – 20 yoshli markaziy himoyachi O‘zbekiston milliy terma jamoasidan mart oyida bo‘ladigan o‘yinlar uchun taklif olganidir.

Abduqodir Husanov 2023 yilning iyun oyidan milliy terma jamoa a’zosiga aylangan. Yosh bo‘lishiga qaramay, bosh jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga hisoblanadi. Hozirgacha Abduqodir  xalqaro miqyosda o‘nta uchrashuvda qatnashib ulgurdi.

Xususan, ikki yil avval Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida Husanov mahoratini yana bir karra namoyish qilib, bellashuvlarda ishonchli harakatlari bilan ajralib turdi.

Mart oyidagi FIFA kunlari davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita muhim uchrashuvda qatnashadi.

Srechko Katanets shogirdlari 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Gonkong jamoasi bilan ikki marta kuch sinashadi. Dastlabki bahs 21 mart kuni raqib maydonida tashkil etiladi.

26 mart kuni bu ikki terma jamoa Toshkentda o‘zaro to‘qnash keladi.

Jahon chempionatining Osiyo mintaqasidagi saralash bosqichida ikkita tur o‘tkazilgan. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida to‘rt ochko to‘plab, to‘plar nisbatiga ko‘ra, Erondan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruhdagi Turkmaniston va Gonkong bittadan ochko jamg‘argan. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar keyingi bosqichga chiqadi, - deb yozdi lensois.com  sayti jurnalisti Kristof Shaad.

Bundan tashqari, Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ishtirokini yakunlab, “Lans”ga qaytganidan keyin ham bitta uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Yosh himoyachimiz “Lans”ning “Brest” bilan bo‘lgan g‘alabali o‘yinida ogohlantirilgan. Bu mahalliy miqyosdagi musobaqalardagi o‘nta uchrashuvdagi uchinchi sariq kartochka hisoblanadi.

Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida Abduqodir Husanov bitta o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida qaror chiqardi. Bu qaror 27-turdan o‘rin olgan “Lill” – “Lans” derbisiga to‘g‘ri keladi. Bir xil – 42 tadan ochko jamg‘argan bu ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvi 29 mart sanasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq professional futbolchilik faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari orqali Frantsiya vitse-chempioni – “Lans”  mutasaddilari nazariga tushgan o‘yinchi o‘tgan yozda lansliklar bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.

Frantsiyadagi ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirgan Abduqodir Husanov joriy mavsumda “Lans” safida Liga 1, Evropa Chempionlar ligasi va Evropa ligasi o‘yinlarida ishtirok etdi.

Fayzullaev TsSKAda asosiy tarkibdagi joyidan ayrildimi?

Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?

Shomurodovning noyob xislati e’tirof etildi

A Seriya: Shomurodov va ro‘za tutayotgan yulduzlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Hazon
16/03/2024 20:03
Ikki yil emas ikki oy oldin Qatar mezbonlik qilgan
33 8
16/03/2024 08:17
Farosat bilan ish qilinglar, to'g'ri yozsalaringgam o'qiymiz.
&
Адхамжон Низомов
16/03/2024 06:38
Сарлавханиям с...б куйибсизлар