Legionerimiz: Ikki golim uch ochko keltirdi!

  • 16 mart, 2023, 07:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Igor Sergeev bu yilgi chempionatda ham gollari hisobini ochdi.

“Tobol”ning asosiy to‘purari hisoblangan legionerimiz dastlabki ikki turda maydonni golsiz tark etgandi. Lekin uchinchi bellashuv Igor Sergeevning hamon yuqori sport formasida ekanini ko‘rsatdi.

photo_189036

Kustanayliklar qiyin o‘tgan bahsda Qarag‘andaning “Shaxtyor” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Har ikki gol Igor Sergeev hisobiga yozildi. Legionerimiz gollari evaziga “Tobol” hali ochko yo‘qotmagan to‘rt jamoadan biri bo‘lib qoldi va chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.

O‘yindan keyin Igor Sergeev o‘z munosabatini bildirdi.

- Bosh murabbiyimiz ta’kidlaganidek, bellashuv juda og‘ir va qiyin kechdi. Shunga qaramay, biz o‘yinni to‘liq nazoratga oldik va yanada ko‘proq to‘p kiritish imkoniyatimiz ham bor edi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida bunday o‘ynab bo‘lmaydi. Raqib gol urish uchun bir necha marta qulay vaziyatga ega bo‘ldi.

Shunga qaramay, mening bir juft golim jamoamizning g‘alabasini ta’minlaganidan mamnunman. Eng muhimi – g‘alaba.

Ha, xatolarimiz bor, biz ularni bartaraf etish uchun mehnat qilyapmiz.

Hozir chempinoatda tanaffus e’lon qilindi. O‘ylashimchi, ta’tilga “Tobol” yaxshi kayfiyatda chiqadi. G‘alaba uchun jamoaga rahmat, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislardan minnatdormiz. Rivojlanish yo‘lida harakat qilishdan to‘xtamaymiz, - dedi Igor Sergeev.

29 yoshli hujumchimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi va tashkilotchilar tomonidan maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Igor Sergeev 2021 yilning boshidan beri Qozog‘iston chempionatida to‘p tepmoqda. Dastlab, tajribali hujumchimiz o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan “AKtobe” bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq, bu jamoa moliyaviy  qiyinchiliklar tufayli maqsadini o‘zgartirdi. Bundan unumli foydalangan “Tobol” UEFA tasnifidagi musobaqalarda yordam berishi uchun legionerimizni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Igor Sergeev to‘purarlik mahoratini “Tobol” safida ham davom ettirdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi kustanayliklar safida 2021 yili Qozog‘iston chempioni bo‘ldi. 2022 yilgi mavsumda esa, jamoasi bilan bronza medalga ega chiqdi.

“Tobol” jamoasi safida Igor Sergeev UEFAning nufuzli xalqaro turnirlari – Konferentsiyalar ligasi va Chempionlar ligasi saralash musobaqalarida gollar  hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.

main55415087_742eb552c56096388d5413580cfb31ee

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bugungi kunda Qozog‘iston chempionatining eng qimmat ikki o‘yinchisidan biri hisoblanadi. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portali markaziy hujumchini 1,4 million evroga baholagan.   

Hammasini ikki o‘zbek legioneri mahorati hal qildi! Buni raqib ham tan oldi!

Legionerlarimiz Premer-ligani “yorvordi”!

Shomurodov bor va O‘zbekiston yangi chempionatda yuqori o‘rin uchun kurashadi!

Shomurodovga Dibala qachon joyini bo‘shatib beradi?

Shomurodov nega “Lill”, “Everton”, “Valyadolid” va “Bayer” taklifini qabul qilmadi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!