Messi Argentina tarixiga kirdi
2022 yilgi jahon chempionatining saralash turnirda Perudan 2:0 hisobida ustun kelgan Argentina sardori Lionel Messi terma jamoa safida eng ko‘p g‘alabaga erishgan futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.
Bu Messiga mamlakat bosh jamoasi tarkibiga 85-g‘alaba bo‘ldi. Leo yaqinda faoliyatini yakunlagan Xaver Maskeroning 84 ta g‘alabali o‘yindan iborat natijasini ortda qoldirdi.
Shuningdek, Messi eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan Xaver Dzanettiga etib oldi. Har ikkisining hisobida 142 tadan uchrashuv bor. Birinchi o‘rinda qayd etilgan Maskeranoning rekordini yo‘qqa chiqarish uchun Leo kamida yana beshta bahsda maydonga tushishi kerak bo‘ladi.



Fikrlar