Mourino "Real" hujumchisini qaytarmoqchi. Ketish navbati Shomurodovgami?

  • 23 fevral, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yanvar oyida Joze Mourino ichki raqobatda jamoadoshlariga bas kela olmagan bir necha futbolchi bilan xayrlashgan edi. Xususan, hujum chizig‘idagi raqobatda Eldor Shomurodovga yutqazib qo‘ygan Borxa Mayoral “Xetafa”ga ijaraga berib yuborilgan edi.

Aslida “Real”ga tegishli bo‘lgan ispan hujumchisi o‘tgan mavsumda “Roma” to‘purari bo‘lgan, biroq Mourino kelishi bilan jamoaga Eldor Shomurodov va Temmi Abraxamni olib keldi.

Borxaning zaxiraga mixlanib qolgan “Real”ga ham ma’qul kelmadi. “Roma” chempionatning ikkinchi yarmida ham Mayoralga imkoniyat bermasligini aniq bo‘lganidan keyin tomonlar kelishuviga ko‘ra, hujumchi Ispaniya chempionatiga ijaraga jo‘natildi.

24 yoshli futbolchi berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanib qoldi. La ligada besh marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

picture_19

Mayoral Rim klubi safida jami o‘n bitta o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va assist muallifi bo‘lgandi.

Iste’dodli hujumchining Ispaniya chempionatiga o‘yini “Roma” rahbariyatini o‘ylantirib qo‘ydi. Rimliklarda mavsum yakunlangach, “Mayoral”ni birinchi bo‘lib xarid qilish huquqi bor. Avvalroq, uni 20 million evroga sotib olishdan bosh tortgan “bo‘rilar” endi bu huquqdan foydalanib qolmoqchi.

Hozir “Roma”da Temmi Abraxam asosiy hujumchi hisoblanadi. Ikkinchi hujumchi maqomini yosh Feliks Afena-Gyan tajribali Eldor Shomurodovdan tortib oldi. Har holda Mourino afrikalik forvardga ko‘proq ishonch bildirmoqda.

“Roma”da o‘ynatmagani uchun portugaliyalik murabbiyga nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishni va’da berib, buning uddasidan chiqqan Mayoral yana Rimga qaytadigan bo‘lsa, Eldor Shomurodovning asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashib ketadi. Bu holatda, “Roma” legionerimizni ijaraga jo‘natishi yoki sotib yuborishi ham ehtimoldan holi emas.

news-seo_1

Mourino endi “Roma”ga yordam berolmaydi!

Italiya futbol federatsiyasining Tartib-intizom qo‘mitasi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoni A Seriyaning ikkita uchrashuvidan chetlatdi.

Portugaliyalik mutaxassis milliy chempionatning “Verona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvida bosh hakam Luka Payrettoning qarorlariga keskin norozilik bildirgan va o‘yin yakunlanishi arafasida hakamga telefon qilish ishorasini ko‘rsatgan. Mourinoga darhol qizil kartochka ko‘rsatildi.

Bu vaziyat ko‘p munozaralarni keltirib chiqardi. Mutaxassislar portugaliyalik murabbiy bu ishorasi orqali bosh hakamni korruptsiyada ayblagani, unga “Yuventus”dan qo‘n0iroq bo‘lganini anglatadi, degan versiyalar ham yangradi. Chunki, Luka Payrettoning otasi Perluiji ham futbol hakami bo‘lgan va 2006 yilda korruptsion tizim – “Kalchapoli” ishining asosiy figurantlaridan biri, deb topilgan. U o‘sha davrda “Yuventus” direktori Luchano Modji bilan telefon orqali doimiy aloqada bo‘lgani aniqlangan. Mourino shunga ishora qilgan.

qZkeFcy

“Roma” bosh murabbiyi 20 ming evro miqdorida jarima ham to‘laydi.

Bundan tashqari, Tartib intizom qo‘mitasi Mourinoning yordamchisi Luis da Koshta Nunu Santushni ham ikki o‘yinga chetlatdi. Sport direktori Tiagu Pinto esa, faoliyatiga ikki haftalik ta’qiq qo‘yildi. “Roma” murabbiylar shtabining yana bir vakili – jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Stefano Rapetti “Verona” murabbiylarini haqorat qilgani uchun bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va besh ming evro jarima to‘lashi belgilandi.

Shu tariqa, Joze Mourino A Seriya doirasida 27 fevral kuni “Spetsiya” va 6 mart kuni “Atalanta”ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlarda jamoasiga yaqindan yordam bera olmaydi. 

Mourinoga “Arsenal” o‘yinchisi ma’qul kelmadi

Calciomercato nashrining xabar berishicha, “Roma” mutasaddilari yanvar oyida “Arsenal”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Eynsli Meytlend-Naylsni mavsum oxirida Angliyaga qaytarib yuborishga qaror qildi.

24 yoshli futbolchining harakatlari Joze Mourinoga ma’qul kelmadi va rimliklar angliyalik o‘yinchini yozda sotib olish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi.

Aslida “Roma” rahbariyati “Arsenal” vakilini yozda to‘liq transfer qilishni rejalashtirayotgan edi.

Meytlend-Nayls “Roma”ga o‘tganidan beri “bo‘rilar” safida ettita uchrashuv o‘tkazdi, biroq samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. Endi u mavsum yakunlanishi bilan Londonga qaytib ketadi va “Arsenal” asosiy tarkibiga qo‘shilish uchun qaytadan kurashga kirishadi.

Roma-star-Ainsley-Maitland-Niles

“Roma” yulduziga yangi shartnoma bermadi

“Roma” o‘z tarbiyalanuvchisi Nikolo Dzanolo bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlagani yo‘q.

22 yoshli hujumkor futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq, Dzanolo hozirning o‘zida Italiya, Ispaniya, Germaniya va Angliya chempionatlaridan juda manfaatli takliflar olmoqda.

Rimliklar eng mashhur futbolchisini ushlab qolishi qiyin bo‘ladi. Avvalroq, klub rahbariyati Nikolo bilan yangi bitim tuzib, keyin uni 50 million evrodan kam bo‘lmagan badal puli evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Joze Mourino shogirdiga nisbatan A Seriya himoyachilar juda qo‘pol o‘ynayotganini inobatga olib, unga boshqa chempionatga ketishni tavsiya qilgan. Chunki ketma-ket ikki marta og‘ir jarohat olgan Dzanolo o‘yin davomida shikastlanishdan cho‘chib harakat qilayotgan bilinib qolmoqda.

Joriy mavsumda Nikolo rimliklar safida jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Transfermarkt portali bu o‘yinchini 33 million evroga baholamoqda. Tabiiyki, bu summa “Roma”ni qoniqtirmaydi.

010324_m

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Umarov o‘ynamasa kim xavfli vaziyat yaratadi? Shahbozning jamoadan chetlatilgani BATE muxlislariga yoqmadi!

Manchesterliklar “Roma”ning hujumdagi futbolchisini chorlamoqda. U kim ekan?

Mourino “Roma”da qoladiganlar va yozda ketadiganlar nomini aytdi. Shomurodov qaysi guruhda?

Temmi Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!

Shomurodov Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepishi mumkin! Buning uchun esa...

Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
23/02/2022 11:56
Моуринога жаррох ёрдам бера олади!