Mourino Shomurodovga baho berdi va munosabati qanday ekanini aytdi!

  • 4 noyabr, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Roma” Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi to‘rtinchi turida Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasini qabul qiladi. O‘tgan turda bu jamoa Joze Mourino va uning shogirdlarini sharmanda qilgandi. Rimliklar 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olib, muxlislari ishonchini qaytarmoqchi.

Joze Mourino jurnalistlarga o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik murabbiy Konferentsiyalar ligasidagi vaziyat, “Roma”, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar,  qo‘l ostidagi futbolchilar, xususan, Eldor Shomurodov borasida ham o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

16203047913419710576_1000x669

- Konferentsiyalar ligasida olti ochkomiz bor va biz yaxshi holatdamiz. Biz bo‘lajak o‘yinda norvegiyaliklarni engib, yana guruh peshqadamligini qaytarib olishni istaymiz.

Norvegiyadagi uchrashuvda haddan tashqari yomon o‘ynadik. Aniq kimnidir aybdor qilmoqchi emasman. Butun jamoa bo‘lib yutqazdik, endi hammamiz bir bo‘lib g‘olib chiqishimiz shart. Tabiiyki, bu gal maydonga butunlay boshqa jamoa tuo‘aji. Avvalgi o‘yinda maydondagi chimning ahvoli va futbolchilarning toliqib qolishidan cho‘chigan edim. Men xato qildim, hammamiz adashdik.

Temmi Abraxam haqida gapirsam, u bizning safiga umuman boshqacha futbol madaniyati shakllangan mamlakatdan keldi. U boshqacha hakamlikka ko‘nikkan, u erlarda ijtimoiy muhit ham o‘zgacha. Albatta, bunday vaziyatda qiyinchiliklar bo‘ladi. Temmi kelishi bilan saviyasi va mahoratini ko‘rsatib qo‘ydi. Hozir ishlari yurishmayotgan bo‘lsa ham, unga ishonishda davom etamiz. U ajoyib o‘yinchi. Hech qanday muammo ko‘rmayapman. U hali o‘ynaydi va ko‘p muhim gollarni uradi.

Nikolo Dzanolo “Yuventus” bilan biroz qo‘rqib o‘ynadi va buni ikkita murakkab operatsiyani boshidan o‘tkazgani bilan izohlash mumkin. Buni to‘g‘ri tushunish kerak, vaqt o‘tishi bilan bunaqa hissiyotlar unutiladi. Jismonan hammasi joyida, Nikolo baquvvat yigit. U taktik jihatdan o‘yinini kuchaytirishi kerak. Dzanolo haqiqiy professional va o‘z ustidan tinimsiz ishlashni yaxshi ko‘radi. Men uning ishga bo‘lgan munosabatidan mamnunman.

Aslida men jamoadagi hammaga ishonaman. Biroq ba’zida ijrochilar o‘zining eng yaxshi formasiga kirmagan bo‘ladi, ayniqsa o‘ziga ishonch masalasida ham buni kuzatish mumkin. Men Eldor Shomurodovning salohiyatiga ham xuddi Temmi Abraxamdek ishonaman. Eldorga ishonchim kuchli. Faqat bu erda futbolchilarning funktsional tayyorgarligida farq borligini inobatga olish lozim, - dedi Joze Mourino.

1-70

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov “Jenoa”dan “Roma”ga aynan portugaliyalik mutaxassis taklifi va tanloviga ko‘ra o‘tgan. Rimliklar A Seriyadagi dastlabki mavsumida sakkizta gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi uchun 17,5 million evro to‘ladi va keyingi transferidan genuyaliklarga ma’lum miqdorda ulush ajratadi.  Shu tariqa, Eldor Shomurodov o‘zbekistonlik futbolchilar orasida eng qimmat transfer sohibiga aylandi.

Joze Mourino shogirdiga aylanganidan keyin Shomurodov o‘zining salohiyati va to‘purarlik mahoratini namoyish eta boshladi. O‘rtoqlik uchrashuvlarida ikkita va dastlabki rasmiy uchrashuv – Konferentsiyalar ligasi saralash boshqichi doirasidagi o‘yinda “Trabzonspor” darvozasiga bitta to‘p kiritdi.  Biroq, keyin vaziyat tubdan o‘zgardi. Bu “Chelsi”dagi o‘zgarishlarning “Roma”ga ta’siri bilan bog‘liq.

Xullas, “Chelsi” o‘z orzusidagi hujumchi – Romelu Lukakukini rekord summa evaziga qo‘lga kiritganidan keyin Tomas Tuxel jamoasida Temmi Abraxamga joy qolmadi. Iste’dodli hujumchining ahvolidan unumli foydalangan Joze Mourino uni Rimga chaqirdi.

652113_original

“Roma” Temmi Abraxam uchun 40 million evro to‘lab, o‘z tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi. To‘g‘risi, Abraxamning kelishi Shomurodovning zarariga ishladi. Joze Mourino angliyalik yulduzni asosiy hujumchiga aylantirib, Eldorni zaxiraga o‘tkazib yubordi. Ungacha, Shomurodov asosiy hujumchi vazifasini munosib uddalab kelayotgan edi.

Shomurodovning ustozi eng ko‘p maosh olmoqda yoxud Mourinoga xunuk xabar!

Yaxshiboev bugun Chempionlar ligasida “Inter”ga qarshi o‘ynaydimi? Savolga bosh murabbiy aniq javob berdi!

Mag‘lubiyatlardan charchagan “Roma” supertransferlarni amalga oshiradi!

O‘runov zo‘r o‘ynay boshladi. Uni “Spartak”dan sotib olishadimi?

O‘runovning qiyin kunlari ortda qoldi!

Bu ketishda Shomurodovga “Roma”da “non” qolmaydi!

Yaxshiboevni o‘ynatmagan bosh murabbiy ishdan olindi

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!