Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Fayzullaev Evropaning jiddiy klubiga o‘tadi!

  • 30 oktabr, 2024, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKA klubi vakili Abbosbek Fayzullaev Osiyo futbol konfederatsiya tomonidan qit’aning eng yaxshi yosh futbolichisi sifatida e’tirof etildi.

Tecno

Mahalliy va xorijiy ekspertlar 21 yoshli futbolchining xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatiga munosabat bildirishda davom etmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Abbobek Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarni havola qilishda davom etadi.

Ja’far Irismetov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi:

Abbos haqli ravishda Oisyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Men ana shu fikrdaman, chunki Fayzullaev  Olimpiya o‘yinlariga birinchi marotaba yo‘llanma olgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi.

Hozir esa, milliy terma jamoada ham, TsSKAda ham juda sifatli futbol namoyish qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, u haqli ravishda nufuzli sovrin bilan taqdirladi.

O‘ylashimcha, tez orada, ya’ni qishda Fayzullaev boshqa chempionatga o‘tishi mumkin.

Kirill Breydo, TsSKA klubi kommunikatsiyalar bo‘yicha drektori:

Abbos mana shunday jiddiy sovrinni qo‘lga kiritganidan juda xursandmiz. Bu butun qit’aning e’tirofi. Fayzullaev bu sovringa ham TsSKA, ham terma jamoadagi o‘yinlari tufayli loyiq ko‘rildi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Abbos juda kamtar, oddiy va mehnatkash yigit. Hech qanday yulduzlik kasali yo‘q, faqat mehnat qiladi!

Yaqinda Abbos klub ofisiga osh olib kelib, barcha xodimlarni mehmon qildi. Shuning uchun ham, klubimizning har bir vakili uni nufuzli sovrin bilan chin dildan qutlaydi, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunaqa birdamlik TsSKAda doim qadrlab kelingan va bu juda muhim.

Abbosbek jamoamizda o‘sishda davom etishiga, oldinda uni yanada yuqori darajadagi sovrinlar kutayotganiga umid qilamiz.

Eduard Mor, Moskvaning “Spartak” klubi sobiq futbolchisi:

Abbosbek Fayzullaev — juda yaxshi darajadagi va salohiyati yuqori futbolchi. Ixchamgina, lekin kurashni samarali olib borish usullarini yaxshi biladi. Noodatiy harakat qila oladi, har doim o‘yinni kuchaytiradi,  maydon markazida o‘yinni yaxsh rivojlantirishga usta.

Nufuzli sovrinni unga haqli ravishda berishdi. Chunki aynan Abbosbek tufayli TsSKAning oldingi chiziqdagi ishlari yurishyapti. Men Fayzullaev yozda Evropaning “top-5” ligalaridagi jiddiy klubga  o‘tadi, deb hisoblayman.

“Nyukasl” Husanovni olishga tayyor, faqat...

Bir necha metrdan gol urolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!

Fayzullaev katta gapirib yubordi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
30/10/2024 14:36
Спорт журналистларини медосмотрдан утказиш керак албатта ПСИХОТЕРАПЕВДАН хам буларни бошида муаммолари борми дейманда.
&
Фаррух Эргашев
30/10/2024 19:17
Ҳар сафар шу журналистларга хато қилиши учун пул беришадими? Турнир жадвалинику...

&
+998934037982
30/10/2024 10:14
HuSanov haqida sarlavha berib ,Fayzullaev haqida yozyapsila.
Jurnalistlar saviyasi ham tushib ketayaptidi