O‘zbek futbolchisiga Angliyadan e’tibor bo‘ldi

Terma jamoalar ishtirokidagi qit’a va jahon chempionatlari futbol skautlari, murabbiylar, agentlar uchun tayyor bozor vazifasini o‘taydi. Chunki terma jamoalar bosh murabbiylari musobaqaga mamlakatning eng kuchli o‘yinchilarini jalb qilgan bo‘ladi.

Ana shu ma’noda, 12 yanvardan 10 fevralgacha davom etadigan Osiyo kubogi musobaqasi ham ko‘pchilik uchun yangi nomlarni kashf etib berishi kerak. Qolaversa, bugungi kunda aksariyat muxlisu mutaxassislar e’tibori aynan Osiyo qit’asiga qaratilgani hech kimga sir emas.

Angliya futbolini yoritishga ixtisoslashgan thefootballfaithful.com sayti eksperti Harri Daymond ingliz klublarini Qatardagi bo‘ladigan Osiyo chempionatida to‘p tepadigan besh nafar futbolchiga qaratishga chaqirdi. Nishonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili ham bor.

uzb_tjk_sports_uz-26

Ta’kidlash joizki, bu galgi Osiyo chempionatida Angliya klublarida o‘ynayotgan jami 19 nafar futbolchi o‘z mamlakatlari sharafini himoya qiladi. Musobaqadan so‘ng zamonaviy futbol vataniga yo‘l oladigan yangi yulduzlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Mehdi Taremi – Eron

Eron milliy terma jamoasi 48 yillik tanaffusdan so‘ng yana Osiyo kubogini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Forslar bungacha 1972 va 1976 yillardagi qit’a chempionatlarida bosh sovringa sazovor bo‘lgan.

31 yoshli Mehdi Taremining xalqaro maydondagi statistikasi juda yaxshi ko‘rinish olgan. U terma jamoada 71 ta uchrashuvda 41 ta to‘p kiritgan. Taremi 2019 yili Evropa futboliga kirib keldi va hozirgacha Portugaliya chempionatida to‘p tepyapti. U Ronalduning yurtidagi faoliyatini “Rui Ave”da boshlab, “Portu”da davom ettirmoqda.  Portugaliyada 171 ta o‘yinda 86 ta gol urgan forvardni kuchli beshlik chempionatlaridagi bir necha jamoalar hozirning o‘zida o‘z safida ko‘rmoqchi.

image_25

Ali Mabxut – Birlashgan Arab Amirliklari

Ali Mabxutning nomi Evropa uchun noma’lum, lekin Osiyoda ancha mashhur hujumchi.

33 yoshli futbolchi milliy terma jamoasi uchun 114 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 84 ta to‘rtta to‘p kiritgan. BAA futbolchilari hali hech qachon qit’a chempionatida g‘olib chiqmagan, lekin doim kuchli tarkibga ega bo‘lgani bilan ajralib turadi.

Ali Mabxut professional futbolchilik faoliyatini faqattgina bir klub – “Al-Jazira”da o‘tkazyapti. Bu jamoada tajribali hujumchi o‘z hisobiga 256 ta gol gol yozdirib qo‘ygan.

1622757040_ali

Abduqodir Husanov – O‘zbekiston

Abduqodir Husanov joriy mavsum Frantsiya chempionatida maydonga tushgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida futbol tarixiga kiritildi.

O‘tgan yoz 19 yoshli himoyachi Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan Frantsiya chempionati vitse-chempioni “Lans” safiga qo‘shildi.  

Husanov Frantsiya chempionatida oltita va Evropa Chempionlar ligasida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.

Markaziy himoyachi iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasidan taklif oldi va hozirgacha etti marta maydonga tushirildi. Bungacha Husanov 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan va Argentinada yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham yuqori saviyada o‘ynagan edi.

Abduqodir Osiyo chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynaydigan yagona futbolchisi hisoblanadi. Italiyaning “Kalyari” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov esa, jarohati tufayli qit’aning eng nufuzli musobaqasida terma jamoaga yordam bera olmaydi.

photo_2024-01-03_20-14-31

Ko Itakura – ​​Yaponiya

Yaponiya Osiyo kubogiga asosiy da’vogar hisoblanadi. Bu mamlakat terma jamoasida Evropaning “top-5” ligalarida o‘ynaydigan bir necha o‘yinchi bor.

“Brayton” vingeri Kaoru Mitoma, “Reala Sosedad” yulduzi Takefusa Kubo eng yorqin hujumkor futbolchilardan. Ularga “Liverpul” yarim himoyachisi Vataru Endo sardorlik qiladi.

Kelajagi porloq bo‘lishi kutilayotgan yana bir futbolchi Ko Itakuradir. “Borussiya Myonxengladbax” himoyachini “Liverpul” va “Tottenxem” vakillari jiddiy tarzda kuzatib bormyapti.

Angliya klublariga 26 yoshli o‘yinchining to‘pni nazorat qilish, aniq pas oshirish, mustahkam himoyalanish qobiliyati va bir necha potsiziyada o‘ynay oladigan universalligi yoqayotgani aytilmoqda.

HMlmo4oy49Q

Li Kan In – Janubiy Koreya

Son Xyon Min Janubiy Koreyaning asosiy yulduzi, “Bavariya” himoyachisi Kim Min Chje mamlakatning 2023 yildagi eng zo‘r o‘yinchisi hisoblanadi.

Yaponiya terma jamoasi etakchilari qatoriga qo‘shilishga harakat qilayotgan yana bir o‘yinchi Li Kan Indir.

Li o‘tgan yozda “Pari Sen-Jermen” jamoasiga qo‘shildi. 22 yoshli futbolchi Parij klubida o‘z o‘rniga ega. Koreyalik yarim himoyachi 3 yanvar kuni Frantsiya Superkubogi uchun bo‘lgan bahsda “Tuluza2 darvozasini ishg‘ol qilib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi va PSJdagi ilk sovrini qo‘lga kiritdi.

Ekspertlar uning o‘rta chiziqda kreativ o‘yin namoyish qilishi, hujumchilarga qulay to‘p oshirib berishi kabi ustunliklarini e’tirof etmoqda.

trener-pszh-luis-enrike-li-kan-in-otlichnoe-podpisanie-dlya-kluba_16990907951480293640

Janubiy Koreya dastlabki ikki Osiyo chempionatidan beri hali qit’a chempioni bo‘lmadi. Terma jamoa tarixidagi ikki yutuq 1956 va 1960 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu gal koreyaliklar katta bo‘shliqni to‘ldirish uchun kurashadi.

“Quruq seriya” Shomurodovga qimmatga tushishi mumkin...

Husanov va yana to‘rt futbolchi: “Lans” ketganlar haqida ma’lumot berdi!

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Shomurodov yo‘q, O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi eng xavfli futbolchisi kim?

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Boltayev
07/01/2024 21:03
Admin Li Kan In Janubiy Koreyalik. Eʼtiborli boʻling.
&
Football's
07/01/2024 22:30
Janubiy koreya deb yozilganku?
&
Alsher
10/01/2024 12:48
Mayli liganerlar kòpaysin yevropada òynash oson mas
Pardayev Shavkat
08/01/2024 00:20
"Япония терма жамоаси етакчилари қаторига қўшилишга ҳаракат қилаётган яна бир ўйинчи Ли Кан Индир". У Японми?
Дилшод Xaмзаев
07/01/2024 20:54
Этироф қилаверадида барибир олмайдику.проста газетага бир мақола керак бўлганда.фаластин бн ўртоқлик нима бўлди.на интернетда на твда жавоб бор.шимолий кореядан ўтиб кетдику
Эргашев Файзулло
07/01/2024 20:12
Бу хам узока бормайди Энг арзон трансфер 100 Минг эвро