Premer-ligadagi legionerimizga mag‘lubiyat juda alam qildi!

  • 23.04.2022 22:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Qozog‘iston premer-ligasining bu mavsumidan qo‘shni mamlakat chempionatida yana o‘zbekistonlik legionerlar ko‘paya boshladi. Bir necha yillik tanaffusdan keyin Qozog‘iston klublari o‘tgan mavsumda “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeevni o‘z jamoasiga taklif qilgandi.

Bu gal qo‘shni mamlakat premer-ligasi klublari yosh bo‘lishiga qaramay, ancha tanilgan o‘yinchimiz – Jasur Jaloliddinov va yosh iste’dod egasi Odilbek Abdumajidovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Umuman olganda, bu yilgi chempionatda dunyoning  turli qit’alaridan 30 dan ziyod mamlakatdan kelgan xorijlik futbolchilar qozoq klublari sharafini himoya qilmoqda. Ular orasida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari o‘z o‘rnini topa olayotgani quvonarli holdir.

Igor Sergeev Qozog‘istondagi debyut mavsumini “Aktobe”da boshlab, chempionatning ikkinchi yarmida “Tobol”ga ko‘chib o‘tgandi. Omadni qarangni, hamyurtimiz o‘z gollari bilan kustanayliklarning chempion bo‘lishiga hissa qo‘shdi. Hamyurtimiz “Paxtakor”dagi chempionlikni Qozog‘istondagi muvaffaqiyatiga ulab yubordi.

photo_164165

Bu gal qozoq klublari “Tobol”ga chempionlik unvonini munosib himoya qilishga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Igor Sergeev jamoasi 7-tur uchrashuvida o‘rtamiyona klub – “Atirau” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu chempion jamoaning ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

Uchrashuvda hamyurtimiz to‘p kiritgandi. Lekin bu mezbonlardan ochko olishga kamlik qildi. “Tobol” beshinchi turda “Ordabasi”ga yutqazgan bahsda ham legionerimiz o‘z hisobiga to‘p yozdirib qo‘ygan, biroq bu jamoasiga foyda keltirmagandi. Igorning faqat birinchi turdagi ilk goli “Tobol”ning “Akjayik” ustidan kichik hisobdagi yutug‘ini ta’minlagandi.

Hozircha, ettita o‘yinda uchta to‘p kiritgan hamyurtimiz so‘nggi uchrashuv bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Og‘ir o‘yin. Yakkakurashlar ko‘p bo‘ldi, ko‘p kurashdik. Shunday uchrashuvda yutqazganimiz alamli bo‘ldi. Tabiiyki, endi xatolarimiz ustida ishlaymiz, ularni tuzatishga harakat qilamiz. Ha, biz o‘zimiz qodir bo‘lgan o‘yinni ko‘rsata olmadik.

Bosh murabbiyimiz ta’kidlaganidek, biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz, mehnat qilishni davom ettiramiz va xatolarni takrorlamaslik harakatida bo‘lamiz, - dedi Igor Sergeev.

“Tobol” ettinchi turdan keyin 11 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

20 yoshli himoyachimiz Odilbek Abdumajidov o‘ynayotgan “Ordabasi” jamoasi ettinchi turda o‘z maydonida “Qizil-Jar” futbolchilarini qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Markaziy himoyachi sifatida to‘p tepayotgan hamyurtimiz odatdagidek bu bahsni to‘liq maydonda o‘tkazdi.

625d6dbd60b95

Qozoq futbolining yaqin o‘tmishdagi bayroqdori – “Qayrat” o‘z safiga Jasurbek Jaloliddinovni qo‘shib olgan. Hozircha hujumkor futbolchimiz ligada uchta o‘yinda maydonga tushdi. U qo‘shni mamlakatning mashhur jamoasi asosiy tarkibiga kirish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Jaloliddinov ikki yil muqaddam Rossiyaga yo‘l olganidan xabaringiz bor. O‘shanda yosh o‘yinchimiz Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagandi. Lekin moskvalik “temiryo‘lchilar” unga o‘zini ko‘rsatish imkonini bermagandi.

Keyinchalik Jasur ijara asosida “Tambov” klubiga o‘tib, bu jamoada ham premer-liga o‘yinlariga jalb qilinmadi.

Vaqtni boy bermasdan yurtimizga qaytgan 19 yoshli yarim himoyachi bir muddat “Andijon” va Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida yurganidan keyin bu yildan e’tibor “Qayrat” safiga qo‘shilib yana legionerga aylandi.

  62594fb94e4ae

Mourino Shomurodovdan voz kechdi(mi)?!

Mourino bitta qo‘ng‘iroq bilan katta transferni hal qildi!

Shomurodovsiz ham eplashdi! Mourino yana nimalar dedi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!