Qozoq bokschisi chuqur nokaut uchun Shohjahondan o‘chini olmoqchi!

  • 4 may, 2023, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Toshkentda davom etayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining qiziqarli to‘nashuvlaridan biri 86 kilogrammgacha vazn toifasida bo‘lishi kutilmoqda.

Musobaqada bittadan jangda g‘alaba qozongan hamyurtimiz Shohjahon Abdullaev  va qozog‘istonlik  charm qo‘lqop ustasi Sog‘indiq Togambay navbatdagi bosqichga o‘tish uchun o‘zaro to‘qnash keladi.

Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvida Shohjahon Qirg‘iziston vakili Odilbek o‘g‘lini ochkolar hisobida engdi. Togambay esa birinchi bahsda Kongo Demokratik Respublikasi vakili Natan Nlandu Mbelini texnik nokaut bilan muddatidan oldin taslim qildi.

E’tiborga moliy jihati shundaki, joriy yilning yanvar oyida Shohjahon va Sog‘indiq Tailandda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida to‘qnash kelgandi. O‘sha bahsning birinchi raundida  Abdullaev raqibini bitta zarba bilan chuqur nokautga tushirib, jangni o‘z foydasiga hal qilgandi.

maxresdefault_1

 

Qozog‘istonlik murabbiylar va muxlislar Sog‘indiq Togambaydan o‘sha alamli mag‘lubiyat uchun revansh olishni kutmoqda.

- Men bu ikki bokschining Osiyo chempionatidagi jangini eslayman. Sog‘indiq o‘ziga o‘xshamay boks tushdi, o‘ylamay jang qildi.

Boks – shaxmatday gap, o‘zing va raqibing uchun bosh qotirishing kerak. Sog‘indiq aslida juda aqlli bokschi. Lekin o‘sha jangda elementar xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Bu galgi jangga taktik jihatdan mukammal tayyorlanishadi, deb o‘mid qilaman. Togambayda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlar bor.  Men uning saviyasini yuqoriroq, salohiyati katta, deb bilaman.

U yaqin va o‘rta masofada boks tusha oladi. O‘zbekistonlik bokschi o‘tgan gal uni mag‘lub etgani bu safar Sog‘indiqning foydasiga ishlaydi. Raqib unga etarlicha baho bermasligi mumkin, - dedi Qozog‘iston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Qayrat Satjanov Sports.kz saytiga fikr bildirib.

Bo‘lajak jangga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan Shohjahon Abdullaevning ham Toshkentdagi jahon chempionatidan umidi katta.

- Jahon chempionati o‘z uyimizda - O‘zbekistonda bo‘lyapti. Shuning uchun murabbiylarimiz faqat oldinga borib, raqibga bosim qilishni aytgandi. Keyingi raqibim qozog‘istonlik bokschi. U ham o‘ziga yarasha kuchli. Umuman olganda, jahon chempionatiga kuchsiz sportchi kelmaydi. Hamma yaxshi tayyorgarlik ko‘radi. Xudo xohlasa, o‘z uyimizdagi chempionatda xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi Shohjahon Abdullaev   sports.uz saytiga bergan intervyusida.

IMG_4823

Shohjahon Abdullaev hamda Sog‘indiq Togambay o‘rtasidagi bellashuv 8 may kuni bo‘lishi kutilmoqda.

Jalolovga kuchli raqib tushdi yoxud Kunkabaev bilan to‘qnashuv qachon?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmudho'ja Boysunov
04/05/2023 12:12
Bu o'xshamagan bashara har bir qozoq ringga chiqqani uchungina qo‘l ko‘tarishi kerak deb hisoblaydi. Aytishlaricha doim raqibdan og‘zini ochib qochadigan Bibusinov Do‘smatovga qaraganda texnikasi kuchliroq, tinimsiz Jalolovdan mag'lub bo'luvchi Kunkaboev kuchliroq emish, Togolebay esa yaqinda olgan og‘ir nokauti uchun Shaxjaxon Abdullaevdan o‘ch olarmish. Doimiy yolg'onlardan basharasi qiyshayib yotibdi, uni terma jamoadan olib tashlashgani sababi qozoqlar faqat hakamlarga pora beribgina g'alaba qozona olishadi halos. Uning ahmoqona gaplari hechkimga qiziq emas.