
“Roma” Shomurodov o‘rniga olmoqchi bo‘lgan hujumchi raqib jamoani tanladi
“Atalanta” hujumchisi Luis Muriel muhitni o‘zgartirish maqsadida Bergamodan ketishga qaror qilgan.
31 yoshli kolumbiyalik forvard klub bilan yangi bitim tuzmagani uchun “Atalanta” ham uni yozda sotib yuborishga tayyor. Bu o‘yinchiga “Roma” jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Rimliklar sport direktori Tyagu Pinto asosiy tarkibga kira olmayotgan Eldor Shomurodov o‘rniga Luis Murielni olib kelmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Biroq Luis Murielning rejasi boshqacha bo‘lib chiqdi. Uning agentlari o‘yinchi talabiga ko‘ra, “Yuventus”ga murojaat qilib, o‘z mijozlarini tarkibga qo‘shib olishni so‘ragan.
Italiya matbuoti Turin superklubi bu transferga qarshi emasligini bildirmoqda. Ular kolumbiyalik hujumkor futbolchi klubdan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Paulo Dibalaning o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Muriel bu mavsum jami 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 10 ta assist qayd etdi. Uning transferi 22 million evroni tashkil qilyapti.
Mourinoga “Barsa” o‘yinchisi kerak
Xavi “Barselona”ni qabul qilib olganidan keyin ayrim o‘yinchilarning omadi chopmay qoldi. Ana shunday futbolchilardan biri Riki Puch. Iste’dodli markaziy yarim himoyachi aslida Rolad Kuman davrida ham asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan edi.
Klub rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisi bilan kelasi mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Puchning o‘zi ham ko‘proq o‘ynash maqsadida boshqa klubga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.
Puch atrofida yushzaga kelgan vaziyatdan “Roma” sport direktori Tyagu Pinto foydalanib qolmoqchi. Bu mutaxassis bosh murabbiy Joze Mourinoga Riki Puchning o‘yini yoqishini biladi va ispan o‘yinchisini Rimga olib kelishni ko‘zlab yuribdi.
Ayni paytda Riki Puch kataloniyaliklardan yiliga 1,2 million evro maosh olmoqda. Bu summa rimliklarni ham qoniqtiradi. Transferning o‘zini 10 million evro atrofida uddalash mumkin.
Riki Puch ikki yildan beri “Barselona”ning birinchi jamoasi a’zosi. Yarim himoyachi bu mavsum barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, La Ligada bitta gol urishga erishdi.
Dibala Chempionlar ligasi uchun kerak
“Roma” A Seriyaning eng kuchli hujumchilaridan Paulo Dibalaga xaridorlar biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Argentinalik to‘purarning o‘zi “Yuventus” bilan xayrlashishga tayyor, biroq Italiya chempionatidan chetga chiqmoqchi emas. Hozircha unga rimliklardan tashqari mamlakatning amaldagi chempioni “Inter” ham ko‘z tikmoqda.
Mourinoning qimmatbaho yulduzga nega ko‘z tikayotgani ma’lum bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis shogirdlari bilan birga kelasi yili Chempionlar ligasi uchun kurashmoqchi. Shu bois oldingi chiziqda Temmi Abraxam bilan birga o‘ynaydigan tajribali hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
Dibala joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 marotaba maydonga tushib, 15 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Paulo Argentinadan Evropaga o‘n yil oldin kelgan 2012 yili “Palermo” safida debyut qilgan hujumchi uch mavsumdan so‘ng “Yuventus” taklifini qabul qildi.
Shomurodovning ketish qarori to‘g‘ri bo‘lib chiqdi!
Shomurodov bu ishni ilk bor uddaladi!
"Olimpiko"dagi so‘nggi golni urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Shomurodov “Venetsiya”ni quyi ligaga jo‘natvordi!
Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!
Shomurodov va Peres o‘rniga “Roma” ikkita zo‘r hujumchi olyapti!
Mourino kelishilgan o‘yinlarga ko‘nmadi
“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!
Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!
Fikrlar