
Rossiya futbolining eng yorqin yulduzlari endi Fayzullaevga muxlislik qiladigan bo‘ldi
Rossiyadagi futbol mutaxassislari, muxlislari va jurnalistlar Premer-liganing sakkizinchi turidan o‘rin olgan TsSKA va “Krilya Sovetov” o‘yinidagi vaziyatni tahlil qilmoqda.
Moskvalik armiyachilar birinchi bo‘limda raqibga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida mezbonlar o‘yinchisi Villian Rosha maydondan chetlatildi. Biroq kam bo‘lib qolganiga qaramay, TsSKA o‘yinda ustunlikni o‘z tomoniga og‘irdi. Bu ishni tanaffusdan keyin maydonga tushgan yangi o‘yinchi – 19 yoshli Abbosbek Fayzullaev uddaladi.
Rossiya futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlari – sakkiz karra chempioni Andrey Tixonov hamda UEFA kubogi va Superkubogi sohibi Andrey Arshavin o‘zbekistonlik legioner jamoasi o‘yinida keskin burilish yasay olganini e’tirof etdi.
Andrey Tixonov:
— Hisob adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Men faqat bir narsani tushunmadim. Nega “Krilya Sovetov” ko‘p bo‘lib o‘ynayotgan TsSKA ustunlik qila boshladi?
Tarkib teng bo‘lgan paytda TsSKA 20-25 daqiqa davomida hech narsa qila olgani yo‘q.
TsSKA o‘yinchi almashtirish orqali o‘yin tizginini o‘ziga og‘dirdi. Moskvaliklar o‘n kishi bo‘lib, raqibga pressing uyushtirdi.
Nega o‘n bir kishi bo‘lganida ular bunday o‘ynamadi?
Abbosbek Fayzullaev maydonga tushib, o‘yinga kuchli ta’sir o‘tkazdi. U barchamizni o‘ziga muxlis qilib qo‘ydi. Endi TsSKA muxlislari bu transfer to‘g‘ri tanlov ekanini tan olishi mumkin.
Andrey Arshavin:
—O‘yinda “Krilya Sovetov”ga nima bo‘lganini tushuntirib berish juda qiyin. Balki, bunga o‘yinchilarning tajribasizligi sabab bo‘lgandir. Biroq tarkibda hammasi ham yosh o‘yinchi emas edi. Ular himoyaga yotib ham olgani yo‘q.
Bunga TsSKAning zaxiradan maydonga tushgan futbolchilari o‘yinni o‘zgartirib yuborganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Bular Abbosbek Fayzullaev va Fyodor Chalov. Lekin TsSKA o‘z o‘yinchisi chetlatilganidan keyin o‘yinda ustunlikni o‘ziga og‘dirganini tushuntirib berishning imkoni yo‘q.
O‘n kishi “Krilya” futbolchilarini maydonning ikkinchi yarmiga qamab qo‘ydi. Tarkiblar tengligida bundan emasdi. Samaraliklar to‘p yo‘qotmayotgan edi. TsSKA o‘yinchisi maydondan chetlatilishi bilan raqib to‘p yo‘qota boshladi. TsSKAning darajasi raqibdan yuqoriroq ekan.
Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. TsSKA klubi 19 yoshli futbolchini avgust oyida transfer qildi.
Abbosbek Fayzullaev 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi va turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrini sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham o‘z mahoratini namoyish etdi.
Fayzullaev nega tabrikni qabul qilmadi?
TsSKA bosh murabbiyi Abbosbek Fayzullaev haqida nimalar dedi?
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
Tezkor: Bugun “Lans” Husanovni o‘ynatishga majbur. Sababi...
Mbappeni olishni hech kim taklif qilmagani uchun Shomurodov olindi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Fikrlar