Shoma gol uryapti, lekin ahvol chatoq!

  • 19 oktabr, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu mavsum Turkiya chempionatida “Istanbul Bashakshehir”ga muxlislik qilmoqda. Sababi – ushbu klubda O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilari Eldor Shomurodov va Abbosbk Fayzullaev to‘p tepyapti.

Tecno

“Roma”dan ijaraga olingan 30 yoshli hujumchimiz qisqa fursatda jamoaning haqiqiy etakchisiga aylangan bo‘lsa, TsSKAdan 7,5 million evroga transfer qilingan 22 yoshli Fayzullaev hali yangi muhitga to‘liq moslashib olishga ulgurgani yo‘q.

“Istanbul Bashakshehir” uchun mavsum juda og‘ir o‘tmoqda. Jamoani “top-5” ligalar havosini olgan Nuri Shaxir qabul qilib olganiga qaramay, umumiy vaziyat ijobiy tomonga o‘zgartirgani yo‘q.

Superliganing to‘qqizinchi turida “Bashakshehir” mamlakatning amaldagi chempioni “Galatasaroy”ni qabul qildi. Bu bahsda Nuri Shaxin shogirdlari Turkiyaning eng qudratli jamoasini to‘xtatib qolishga urinib ko‘rdi.

Raqib jamoaning mashhur hujumchisi Leroy Sane ikkita gol bilan “Galatasaroy”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

“Istanbul Bashakshehir” forvardi Eldor Shomurodov gol urishda germaniyalik yulduzdan qolishmasligini ko‘rsatdi. Legionerimiz ham “Galatasaroy” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Biroq 47-daqiqada urgan birinchi golini VAR hakamlari uch daqiqa o‘rganib chiqib, o‘zbek futbolchisi juda kichik offsaydda bo‘lganini aniqlashdi.

Turkiyaga jamoasiga o‘tganidan beri uchinchi goli o‘yin tashqari holat tufayli bekor qilingan Shomurodov tushkunlikka tushgani yo‘q. Oradan 12 daqiqa o‘tib, “Galatasaroy”ni yana bir marta jazoladi. Biroq legionerimizning urinishlari jamoasiga ochko olish uchun etmayapti.

- “Bashakshehir” mavsumdagi to‘rtinchi mag‘lubiyatini tan oldi. Bitta zaxira o‘yini bor jamoa olti ochko bilan qoldi. Nuri Shaxin jamoasi ketma-ket uchta uchrashuvda “Gyoztepe”, ”“Konyaspor” va “Galatasaroy”ga bir to‘p farqi bilan engildi. Bosh murabbiy almashgani ham jamoani murakkab vaziyatdan qutqara olmadi.

Nuri Shaxin kelganidan keyin birinchi o‘yindayoq “Fotih Karagyumryuk” ustidan qozonilgan g‘alaba yagonaligicha qolmoqda. Keyin to‘rtta uchrashuvda “Bashakshehir” atigi bir ochko oldi.

Eldor Shomurodov urayotgan gollar “Bashakshehir”ning ijobiy natija qayd etishiga etarli bo‘lmayapti. Bu gal uning ikkita golidan bittasi  VAR tomonidan bekor qilindi. Shomurodov mavsum boshidan beri Turkiya chempionatidagi to‘rtinchi golini urdi.

O‘zbek hujumchisining gollari “Alanyaspor” bilan o‘yinda bir ochko keltirgan bo‘lsa, “Beshiktosh”, “Konyaspor” va “Galatasaroy” bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ochko olish uchun kamlik qildi, - deb yozmoqda nufuzli manbalardan hisoblangan sporx.com sayti.

Endi “Istanbul Bashakshehir” jamoasi Turkiya chempionatidagi 10-tur uchrashuvini 26 oktyabr kuni safarda “Antalyaspor” futbolchilariga qarshi o‘tkazishi belgilangan.

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?
Husanov endi qancha turadi? “Siti” o‘yinchilari narxlari “ostin-ustun” bo‘lib ketdi
Husanovning ahvoli haqida so‘nggi ma’lumot

Husanov haqida xunuk xabar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!