
Shomurodov, Chempionlar ligasiga chiqa olmasligimiz mumkin!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum oxirida kuchli to‘rtlikdan joy olib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonchi komil emas.
- Bizda g‘oliblar mentaliteti va kuchli jamoaviy ruhiyat bo‘lishi kerak. Jamoada o‘z roliga ega bo‘lmagan biror futbolchi yo‘q. Hatto, bir necha daqiqa to‘p tepgan o‘yinchilar ham jamoaning bir bo‘lagi hisoblanadi.
Chempionlar ligasiga chiqish juda qiyin masala. “Inter”, “Milan”, “Atalanta” doimo kuchli to‘rtlikka da’vogarlik qiladi.
Kristante va Vilyarning qachon maydonga qaytishini shifokorlar hal qiladi. Ularda o‘n kunga yaqin kovid simptomlari ko‘ringani yo‘q. Ular sport formasini ushlab turibdi, agar testlari toza chiqsa, o‘yinlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Jamoa turli qiyinchiliklarga duch kelganida futbolchilarninng har biri maydonga chiqib, yordam berishga qodir bo‘lishi kerak. Hatto avvalgi beshta uchrashuvda ishtirok etmagan bo‘lsa ham. Men aynan mana shuni jamoamdan kutib qolaman, - dedi Joze Mourino.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov intervyulardan birida jamoa oldiga Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilganini ta’kidlagan edi.
“Roma” o‘zi tarbiyalagan “bo‘ri”ni ortga qaytarmoqchi
“Sassuolo” yarim himoyachisi Davide Frattezi yozgi transferlar mavsumida “Roma”ga qaytishi mumkin. Bu futbolchi rimliklarning yoshlar jamoasida o‘ynagan.
22 yoshli futbolchi “Sassuolo” safida juda ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda. Unga “bo‘rilar”dan tashqari “Inter” ham xaridor bo‘lmoqda.
Frattezi yaqinda yangi agent – Beppe Rizo bilan hamkorlik o‘rnatdi. Bu mutaxassis iste’dodli futbolchiga boshqa jamoa topib berishi kerak.
Yarim himoyachi uchun kurashda “Roma”ning imkoniyati “Inter”nikidan yuqori. Chunki ular Frattezining keyingi transferidan 15-30 foiz miqdorida ulushga da’vogar. Shu bois, Frattezi rimliklarga ancha arzonga tushadi.
“Roma” futbolchilari ehtiyot bo‘lishi kerak
“Roma” A Seriyaning navbatdagi uchrashuvini safarda “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi. Undan keyingi o‘yin “Inter” bilan bo‘ladi va juda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Bolonya” bilan bahsda Joze Mourino shogirdlaridan to‘rt nafari ogohlantirish olsa, milanliklarga qarshi to‘qnashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. Hozir Janluka Manchini, Rik Karsdorp, Brayan Kristante va Temmi Abraxam hisobida bittadan sariq kartochka bor.
Bu futbolchilar orasidan Brayan Kristante “Bolonya” bilan o‘yinda qatnashmasligi mumkin. Chunki unda bir necha kun avval kovid aniqlangan edi. Hammasi o‘yin oldidan topshiriladigan test natijasiga bog‘liq bo‘ladi.
“Fiorentina” Mayoral transferi bo‘yicha muzokara boshladi
“Roma” asosiy tarkibiga kirishga qiynalayotgan “Real” tarbiyalanuvchisi Borxa Mayoral yanvarda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Madrid klubidan ijaraga olingan ispan hujumchisiga “Fiorentina” xaridor bo‘lmoqda. “Real” rahbariyati ham 24 yoshli futbolchining ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni “Roma”dan qaytarib olib, Florentsiya klubiga ijaraga berishni ma’qul topdi.
“Fiorentina” Mayoralni avval ijaraga olib, keyinchalik transferini to‘liq sotib olmoqchi. Ular madridliklar talab qilayotgan 12 million evro miqdoridagi badal pulini bir necha qismga bo‘lib to‘lashni rejalashtirgan.
Borxa Mayoral oldida boshqa varianti ham bor. Unga Angliya premer-ligasidan “Kristal Pelas” ham og‘iz solmoqda. Ular “Qirollik klubi”ga mahoratli hujumchi uchun 10 million evro to‘lash taklifi bilan chiqdi.
“Real” tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda qatnashib, bitta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar