Shomurodov ham evroda millioner ekan! “Kalyari” futbolchilari maoshi e’lon qilindi

  • 23 noyabr, 2023, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi klublari maosh berish borasida Angliya, Ispaniya, Frantsiya grandlari bilan raqobatlashishi qiyin. Biroq bu ligada ham yaxshi o‘yinchilarni maosh masalasida xafa qilishmaydi.

Tecno

Ko‘pchilik futbol ishqibozlarini futbolchilarning topish-tutishi qiziqtirishi tabiiy. Ayniqsa, kuchli beshlik ligalarida to‘p tepayotgan o‘yinchilarning moddiy ahvolini bilishni istaydiganlar ko‘p.

Xo‘sh, A Seriya debyutanti “Kalyari” tarkibidagi ijrochilarga qanchadan to‘layapti? Gol ura olmayotgan Eldor Shomurodovning maoshi qancha?

image_2023-09-09_05-51-05

Bu savollarga Italiya futbolini yoritib kelayotgan https://www.tuttomercatoweb.com sayti ekspertlari aniqlik kiritdi.

“Kalyari” A Seriyada 30 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Ulardan 14 nafari Serbiya, Gretsiya, Polsha, Slovakiya, Braziliya, Gana, Kongo, Urugvay, Xorvatiya, Chexiya,  O‘zbekiston, Angola, Peru vakillari hisoblanadi.

Sardiniya klubi bir mavsum davomida futbolchilarning maoshlariga 19,2 million evro xarajat qilishi ko‘rsatilgan.

Jamoada eng katta maosh olayotgan uch nafar futbolchidan ikkitasi o‘tgan yozda transfer qilingan o‘yinchilardir. Sardiniya klubi rahbariyati Andrea Petanyani ko‘ndirish uchun unga 1,8 million evro miqdorida yillik maosh taklif qilgan. Biroq 28 yoshli futbolchi hali maoshiga yarasha samara ko‘rsatgani yo‘q. Petanya A Seriyada etti marta maydonga tushib, bitta assist bilan cheklandi xolos.

Keyingi o‘rinda 2019 yildan beri sardiniyaliklar sharafini himoya qilayotgan Naytan Nandes qayd etilgan. Urugvay terma jamoasi futbolchisi har mavsum 1,6 million evro miqdorida maosh olyapti. U Italiya chempionatida o‘nta o‘yinda bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, yozda “Roma”dan ijaraga olingan Eldor Shomurodovning yillik maoshi 1,5 million evroni tashkil qilayotgan ekan. Shomurodov ham sport formasini tiklashga uo‘oq vaqt sarflagani bois, chempionatning boshida o‘zini ko‘rsata olmadi. O‘yini endi kuchaya boshlagan legionerimiz o‘nta uchrashuvda bitta assist uzatgan.

Ta’kidlash lozimki, bu uch o‘yinchi “Kalyari”ning eng qimmatbaho futbolchilari hisoblanadi. Petanyaning transfer narxi 7,5 million evroni tashkil qiladi. Shomurodov 6 million va Nandes 5 million evroga baholanmoqda.

“Kalyari”ning quyidagi futbolchilari bir mavsum uchun bir million va undan ko‘p maosh olyapti:

Petanya 1,8 million evro

Nandes 1,6 million evro

Shomurodov 1,5 million evro

Pereyro 1,4 million evro

Lapadula 1,1 million evro

Yankto 1 million evro

vsp_9783_esu_gruppo

Olti nafar o‘yindan tashqari qolgan futbolchilarning yillik moyanasi bir million evroga etmaydi. Mankosu, Viola, Xatsidiakos, 800 ming, Makumbu, Rog, Pavoletti 700 ming, Luvumbo, Goldaniga 600 ming, Atstsi, Aujello, Viteska, Radunovich 500 ming, Obert, Dossena, Deyola 400 ming, Kapradossi, Dzappa, Skaffet, Sulemana 300 ming, Prati, Aresti, Oristanio, Di Pardo 200 ming, Desogus 100 ming evro miqdorida maosh oladi.

Fayzullaev Evropada o‘ynashga tayyormi?

“Kalyari”dan Shomurodovga yaxshi xabar

Shomurodov qaysi terma jamoalarga nechta gol urgan?

Fayzullaev braziliyaliklarni hayratga soldi

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!