Shomurodov o‘rniga uch hujumchi!

  • 16 oktabr, 2024, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqish uchun kurashayotgan bir vaqtda uning “Roma”dagi kelajagi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Rim klubida Daniele de Rossining o‘rnini egallagan Ivan Yurich tarkibni o‘ziga moslashtirishni boshladi. Italiya matbuotining yozishicha, tozalash ishlari yanvar oyidagi transferlar oynasi davridan boshlanadi.

Ayni paytda klubni tark etadigan va ularning o‘rniga olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ketadiganlar orasida Eldor Shomurodov nomi ham tilga olinyapti.

Sports.uz portali Italiya manbalarining poytaxt klubida yuz berishi kutilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tarqatayotgan ma’lumotlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishni davom ettiradi.

ROMAFOREVER.IT:

“Roma” sport direktori Floran Gisolfi qishki  transferlar bozoriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu mutaxassis olib kelinadigan o‘yinchilarni tanlashdan tashqari, “Roma”ni tark etadigan o‘yinchilar uchun ham jamoa topib berishi kerak.

Rim klubini tark etishi kutilayotgan o‘yinchilar ro‘yxati shakllanib qoldi. Birinchi qatorda  Leandro Paredes turibdi. Argentinalik futbolchiga o‘yin amaliyoti etishmayapti, shartnomasi tugayapti va yoshining kattaligi ham ta’sir o‘tkazmoqda. “Roma” o‘tgan mavsum Leonardo Spenatstsola va Ruy Patrisiu kabi yoshi katta o‘yinchilar bilan xayrlashgan edi. Bu siyosat yana davom ettiriladi.

Keyingi paytda Eldor Shomurodov nomi ham ko‘p tilga olinmoqda. Agar Rim klubi ukrainalik Artyom Dovbikka o‘rinbosar sifatida yangi hujumchi transfer qilsa, katta ehtimol bilan o‘zbek futbolchisi yanvarda boshqa klubga o‘tadi.

Shomurodovning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Demak, o‘zbek hujumchisida yana bir marotaba o‘zini ijarada sinab ko‘rish imkoniyati bor. Biroq shu paytgacha ikkita ijara muddati o‘yinchining o‘ziga ham, klubga ham kutilgan samarani keltirmadi.

Jamoa yozda olib kelingan ikki qanot himoyachilari  Semyuel dal va Saud Abdulhamida ham ishonchli oqlamadi. Shvetsiyalik himoyachi hali biror marotaba ko‘rinish bergani yo‘q. Saudiyalik o‘yinchi Evropa ligasida bir yarimta uchrashuvda harakat qildi, biroq o‘zini ko‘rsata olmadi. Bu ikki himoyachini A Seriyaning reytingi pastroq jamoasi ijaraga olishi mumkin xolos.

SIAMOLAROMA.IT:

“Roma” sport direktori Floran Gisolfi boshchiligida Artyom Dovbikka o‘rinbosar bo‘la oladigan hujumchi qidiryapti. Bu borada Eldor Shomurodovga to‘liq ishonch bildirilmayapti.

Kutilayotgan birinchi hujumchi Beto bo‘lib turibdi. “Everton”ga o‘tishdan oldin “Udineze”da porlagan portugaliyalik o‘yinchiga “Yuventus” ham ko‘z tikmoqda. Agar bu transfer amalga oshmaydigan bo‘lsa, rimliklar yana ikki forvardni ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Rim klubi mutasaddilari 26 yoshli Luka Yovichni ham olishi mumkin. “Milan”da joriy mavsumda atigi 78 daqiqa o‘ynagan serbiyalik futbolchi klub rejalariga kiritilgani yo‘q. Milanliklar uni yozdayoq sotib yubormoqchi bo‘lgandi. Lekin oladigan xaridor chiqmadi.

Eldor Shomurodov o‘rniga uchinchi nomzod Milan Jurich bo‘lib turibdi. Bosniyalik forvard A Seriyada oltita uchrashuvda ikkita to‘p kiritdi. Bo‘yi qariyb ikki metr bo‘lgan 34 yoshli hujumchi faoliyatining yakuniy bosqichida Italiyaning eng nomdor klublaridan hisoblangan “Roma”ga ko‘chib o‘tishga qarshi bo‘lmasa kerak.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodovni avvalgi bosh murabbiy Daniele de Rossi Rimda olib qolgan edi. Biroq u ham, uning o‘rniga kelgan Ivan Yurich ham Italiya chempionati doirasida legionerimizga etarli darajada imkoniyat bermayapti. Shomurodov yangi mavsumda A Seriyada to‘rt marotaba maydonga tushib, jami 34 daqiqa harakat qildi va shunda ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Legionerimiz o‘zini hayratga solgan futbolchi kimligini aytdi

Narxi 5 million evroga etgan Husanov qachon grand klubga o‘tadi?

Shomurodovning “Roma”dagi faoliyati nima bo‘ladi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!