Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

  • 13 dekabr, 2021, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Olimpiko”da “Spetsiya”ni qabul qiladi. Bu uchrashuv Joze Mourino shogirdlari uchun muhim. Rimliklar “Bolonya” va “Inter” bilan bo‘lgan avvalgi tur o‘yinlarida ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin muxlislar ko‘z o‘ngida o‘zini oqlab qolishi, musobaqa jadvalida ko‘tarilish yo‘lini topishi kerak bo‘ladi.

Ayni paytda “Roma” sakkizinchi pog‘onaga tushib qolgan va Evrokuboklar hududidan bir qator pastda joylashgan. Bu galgi uchrashuvda portugaliyalik mutaxassis turli darajadagi jarohatlarini davolatayotgan Leonardo Spinatstsola, Gonsalo Vilyar, Lorentso Pellegrini, Stefan El-Shaaravi, Karlos Peres, diskvalifikatsiyaga uchragan Janluka Manchini va Nikolo Dzanolo kabi etakchi o‘yinchilar xizmatidan foydalana olmaydi.

- “Roma” hujumida Temmi Abraxam va Eldor Shomurodov tandemi boshlang‘ich tarkibdan joy oladi. Shuningdek, Borxa Mayoral borligini ham unutmang, - deb yozmoqda "Spetsiya"ga qarshi o‘yin oldidan  www.calciomercato.com jurnalistlari.

1-70

Ta’kidlash joizki, Mourino Rim klubini qabul qilib olganidan keyin o‘tgan mavsum to‘purari Borxa Mayoralni zaxiraga mixlab qo‘ygandi. Joze ko‘proq yangi hujumchilardan Temmi Abraxam va Eldor Shomurodov, shuningdek, Xitoydan qaytib kelgan Stefan El-Shaaraviga ishonch bildirib kelayotgan edi. 

Lekin Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida ispan hujumchisi Bolgariyada TsSKA darvozasiga gol urib, jamoasining 3:2 hisobidagi muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi va rimliklarni guruhda birinchi o‘rinni egallashini ta’minladi.

“Roma” hujumchilari orasida Temmi Abraxam raqobatdan tashqarida. U bilan birga o‘ynash yoki o‘rninibosish huquqi uchun raqobat o‘zbek hujumchisi va “Real” tarbiyalanuvchisi o‘rtasida kechmoqda. Shomurodov tarkibdagi o‘rnini Mayoralga boy bermaslik uchun shoshilmasa bo‘lmaydi.  Eldor o‘z hisobiga gol va assistlar rasmiylashtirishi shart. Hozircha hamyurtimiz Rim klubida ikkita turnirda atigi ikkita gol va beshta assist qayd etdi xolos.

Mourino joriy mavsumda yaqinda bir hujumchi taktikasidan voz kechib, “Venetsiya”ga qarshi uchrashuvda ikki forvard – Abraxam va Shomurodov tandemini ilk daqiqalardan o‘ynatib, o‘ziga xos sinov uyushtirdi. Garchi to‘qnashuv boy berilgan bo‘lsa-da, Temmi va Eldor bittadan to‘p kiritib, bir birining gol urishiga imkon yaratib berdi. Ya’ni, bu taktika o‘zini oqladi.

163120_m

Hozir, “Roma” safida jangga yaroqli uch hujumchi – Abraxam, Shomurodov va Mayoral qolgan. Mourinoning kashfiyoti Feliks Afena-Gyan koronavirusdan tuzaldi, lekin darrov maydonda javlon urishiga unchalik ishonch yo‘q.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan  www.calciomercato.com sayti taxminiy tarkibni quyidagicha tuzdi.

“Roma” (3-5-2): Ruy Patrisio; Kumbulla, Smolling, Ibanez; Karsdorp, Kristante, Veretu, Mxitaryan, Vina; Shomurodov, Abraxam.

“Spetsiya” (4-3-3): Provedel; Amian, Erlik, Xristov, Reka; Mayor, Sala, Kovalenko; Grin, Manadj, Gyasi.

Bu ikki klub o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar gollarga boy bo‘lgan. Ular A Seriya doirasida o‘tgan yili ilk bor to‘qnash keldi va rimliklar “Olimpiko”da 4:3 hisobida zafar quchdi, Spetsiyadagi bahsda 2:2 hisobida durang qayd etildi. Mazkur ikki uchrashuvda Mayoral ikkita, Pellegrini, Karsdorp, Mxitaryan, El-Shaaravi bittadan to‘p kiritgan.

Eldor Shomurodovdan ham “Spetsiya”ga gol urish tajribasi bor. Hamyurtimiz o‘tgan mavsumda “Jenoa” safida spetsiyaliklar darvozasini ishg‘ol qilib, genuyaliklarning g‘alabasiga hissa qo‘shgan.

d0f9bf93c7833cd092540149c5222011

17-tur doirasidagi so‘nggi uchrashuv hisoblangan “Roma” – “Spetsiya” bahsi 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan yarim tunda – 00:45 da boshlanadi.

O‘zbek bokschisi bir necha kamarlar sohibini taslim qildi

Yaxshiboev jamoasi bu borada eng zo‘ri...

Shomurodov va “Roma”ni jiddiy sinovlar kutmoqda

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Yaxshiboev Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi, lekin...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

“Roma”ni qutqarolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javohir Fayziyev
13/12/2021 09:42
Gol urmasang seni romaga keraging yoʻq Eldor bugun oʻzingni koʻrsat
Farrukh Ergashev
13/12/2021 08:22
Olg'a omad yor bo'lsin .
&
Бухорий Шариф
12/12/2021 23:07
Элдор газни бос жўра вақти келди олға.... Омадингни берсин оллоҳим.