Shomurodovga ekspertlar nechchi ball qo‘ydi?

  • 19 may, 06:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionatida bir necha klublar o‘rtasida Evropa Chempionlar ligasining so‘nggi yo‘llanmasi uchun kurash oxirgi turgacha davom etadigan bo‘ldi.

Bu imkoniyatga da’vogarlik qilayotgan jamoalar orasidan “Yuventus” va “Roma” 37-turda  qimmatli g‘alabaga erishdi, “Latsio” esa, chempionlik uchun kurashayotgan “Inter” maydonidan durang bilan qaytdi.

Turning keskin va murosasiz kurashlarga boy o‘yini Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘ldi. Bu bahs “Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri uchun murabbiylik faoliyatida Rimdagi so‘nggi uchrashuv sifatida tarixda qoldi.

Ahamiyati o‘ta yuqori bo‘lgan to‘qnashuvda “bo‘rilar” kuchli jamoalardan biri – “Milan” futbolchilarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalida beshinchi o‘ringa chiqib oldi.

Eldor Shomurodov ushbu bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 84 daqiqa o‘ynadi. Italiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar ekspertlari faol harakat qilgan legionerimizning o‘yinini quyidagicha baholadi.

VOCEGIALLOROSSA.IT:

Shomurodov 6 ball:

Tinimsiz harakat, katta bosim, raqib ishga solgan tirsaklar. Kurashning hamma usuli bo‘ldi. Achinarlisi, Eldor Shomurodov Brayan Kristante tashkil qilgan qarshi hujumni gol bilan yakunlash imkoniyatdan foydalana olmadi.

CALCIOMERCATO.COM:

Shomurodov 6 ball:

Eldor bellashuvni biroz sust boshladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan, ayniqsa, bahsning ikkinchi yarmida kuchli o‘yin ko‘rsatdi.

SIAMOLAROMA.IT:

Shomurodov 6 ball:

Eldor juda ko‘p yugurdi, tinimsiz kurashdi, biroq o‘zining asosiy vazifasi – gol urishni sifatiga erishish uchun unga jarima maydonchasi ichida qat’iy harakatlar kamlik qildi. Lekin muxlislar Shomurodovni olqishlar bilan kuzatib qo‘ydi.

ROMAFOREVER.IT:

 Shomurodova 6 ball:

Odatdagidek, uning jamoa manfaati uchun mehnati yuqori darajada bo‘ldi. Biroq gol urib, masalani hal qilish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov joriy mavsumni zaxira o‘yinchisi sifatida boshlagan edi. Biroq jamoani Klaudio Raneri qabul qilib olganidan keyin 29 yoshli hujumchimiz chempionatning eng muhim pallasida “Roma”dagi asosiy figuralardan biriga aylandi.

Shomurodov har bir uchrashuvda o‘z harakatlari bilan  jamoaviy o‘yinga katta ta’sir o‘tkazib kelayotgani bois, muxlisu mutaxassislar e’tirofi va ehtiromini qozondi.

Endi “Roma” chempionatdagi oxirgi uchrashuvini 25 may kuni Turinda – “Torino” maydonida o‘tkazadi. Rimliklar Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan to‘rtinchi o‘rinni egallashi uchun o‘zlari safarda g‘alaba qozonib, “Yuventus”ning “Venetsiya” maydonida ochko yo‘qotishini kutishi kerak.

Husanovning do‘sti “qo‘rqoqligi” uchun keskin tanqidga uchradi!

Mashhur legionerimiz 9-klubidan ham ketdi!

Shomurodovni Chempionlar ligasida ko‘ramizmi?

Bu yulduz kelsa, Husanovga “Siti”da aniq “non” qolmaydi!

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!