Shomurodovga Ispaniyadan zo‘r taklif chiqdi. Eldor “Roma”dan ketadimi?

  • 2 oktabr, 2021, 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar vaqtida “Roma” jamoasi safiga qo‘shilgan Eldor Shomurodov kuchli klublarda ham o‘ynay olish qobiliyatini  namoyish etganidan Evropaning boshqa jamoalari e’tiboriga tushgani oydinlashmoqda.

Evropa futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.euro-football.ru saytining xabar berishicha, o‘zbek legioneriga Ispaniya klublaridan qiziqish bo‘lmoqda.

Xususan, Eldor Shomurodovni Ispaniya chempionati grandlaridan hisoblangan “Sevilya” o‘z safida ko‘rishni istayapti. Xorij matbuotining yozishicha, andalusiyaliklar yozgi transferlar vaqtida 26 yoshli futbolchimiz transferini amalga oshirishni rejalashtirayotgan ekan.

Yana bir nufzli sayt www.soccer.ru ma’lumotiga ko‘ra, “Sevilya” klubi rahbariyatiga o‘z maqsadini amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki bu ko‘p jihatdan Joze Mourinoning qaroriga  bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumki, “Roma”  rahbariyati klubning avvalgi mavqeini tiklash, A Seriyada sovrinli o‘rinlar uchun kurashish va muntazam Chempionlar ligasida ishtirok etadigan qudratli jamoa shakllantirish maqsadida Joze Mourinoni  bosh murabbiylikka taklif etgan.

1629452198_rue1c323b793e

Avvallari asosan “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Manchester Yunayted” kabi yulduzlar bilan to‘lib-toshgan jamoalar bilan yuqori natijalarni qayd etgan portugaliyalik mutaxassis bu gal jangovar jamoani boshidan shaxsan o‘zi shakllantirishga qaror qildi va rimliklar taklifini qabul qildi.

“Roma” rahbariyati transfer siyosatida ham Mourinoni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Jamoadan Mourinoga to‘g‘ri kelmaydigan futbolchilar ketkazildi, Joze tanlagan yangi o‘yinchilar olindi va bu jarayon qishki va yozgi transferlar vaqtida ham davom etadi.

Roppa-rosa bir yil muqaddam Rossiya premer-ligasidan A Seriyaga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov “Jenoa” tarkibida sakkizta gol urib, kuchli beshlik chempionatlari darajasida o‘ynay olish salohiyatini namoyon etganidan so‘ng, mavsum davomida unga “Yuventus”, “Milan“, “Roma” kabi jamoalardan takliflar kela boshladi.

Hamyurtimizni Rimga taklif qilish fikri Joze Mourinodan chiqqani aniq. Chunki portugaliyalik mutaxassis uning imkoniyatlarini yaxshi biladi va “Tottenxem”ni boshqargan davrda ham Shomurodovni Angliya premer-ligasiga taklif qilgandi.

Xullas, Mourino chaqirig‘i bilan “Roma”ga o‘tgan Eldor Shomurodov UEFA Konferentsiyalar ligasi va A Seriya o‘yinlarida ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda. Ayni paytda o‘yinida biroz pasayish kuzatilayotgan hamyurtimiz rimliklar tarkibidagi dastlabki bellashuvlarda bitta gol va to‘rtta assist bilan “Roma” g‘alabalariga hissa qo‘shdi.

3205633-65667928-2560-1440

Eng muhim jihat shundaki, uncha-muncha yulduzlarni tan olmaydigan Joze Mourino Eldor Shomurodovni top darajadagi futbolchi, deb bilishini oshkor namoyon qildi va o‘zbek yigiti u qurayotgan qudratli “Roma”da muhim vazifalarini bajarishiga ishonch bildirishda davom etmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shuning uchun ham “Sevilya” vakillarining yozgi transferlar vaqtida Eldor Shomurodovni olishiga birinchi navbatda Mourino qarshi chiqadi. Chunki, portugaliyalik mutaxassis bir necha yil davom etadigan katta loyihani boshlab yuborgan va Shomurodov shu g‘oyaga xizmat qilishi kerak bo‘lgan muhim o‘yinchilar qatoriga kiradi.

Ikkinchi tomondan, Eldor Shomurodovga “Sevilya” kabi kuchli klublar e’tibor qaratayotgani quvonarli hol. Chunki rivojlanish va o‘sishning chegarasi yo‘q. Zero,  o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlari Eldor Shomurodov va boshqa futbolchilarimizni nafaqat “Roma” va “Sevilya” darajadasidagi jamoalar, balki “Barselona”, “Real”, “Manchester Yunayted, “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Bavariya” kabi eng qudratli klublarda ko‘rishni istaydi.

Qolaversa, yozgi transferlar oynasi ochilgunga qadar, Eldor Shomurodovga boshqa kuchli klublardan ham chorlov bo‘lishiga ishonchimiz komil. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi...

27e7bc43c89b8e77e39826a87d8b5187

Hurmatli muxlislar, Eldor Shomurodov “Roma”da qolgani ma’qulmi yoki “Sevilya”ga o‘tkganimi?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

“Real”ni enggan Yaxshiboev jamoasi qancha maosh oladi?

 

Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda va “Roma” lageridan boshqa qizg‘in xabarlar!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

“Real”ni nokaut qilgan qahramonlar – Polsha ishonmagan Yaxshiboev, Gretsiyada zaxiraga mixlangan Atanasiadis va Rossiyada so‘nib qolgan Till!

Mourino tanqid qilgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda

O‘runov “qariyalar” ichida qolib ketdi

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
02/10/2021 21:19
Зохча қўнар у шохга,
У шохгамас бу шохга
Деганлари дек кўчиб юришдан фойда йўқ. Шу ерда Ромада камида 2-3Мавсум қолиб ўзини яҳши томонларини кўрсатиб, киен бошқа вариантларни кўргани маъқул. Рома билан ҳам ЧЛга иштирок этса бўлади. Ҳали маур унга ҳам кўпроқ имкониятлар беради. Шошилмагани маъқул.
&
Х. Тухтаев
02/10/2021 18:53
Мен ўз фикримда қоламан сафдошлари Элдорга имконият яни яхши паслар бермаяпти. Элдор кўп харакат қилаяпти аммо тўпсиз!
&
Gumbazz
02/10/2021 18:33
Лекин Мауриниони бир ифлос одати бор кобилятли уйинчини улдиради лекин шундан курман
&
Gumbazz
02/10/2021 18:30
Севилия манимча яхши вариант испагияни уйирлари кизикрок манимча италияникидан Англяга утса зур буларди уйин услубга тезлик кушиларди хозир канайдир бир секинмийей хеч тугуномаёман боргансари пасайиб боропти
Ulugoff Dlyabiznesa
02/10/2021 18:22
Легионерла фаолиятига кизикувчила учун Uzbekistan Legioners телеграм каналини маслахат берамиз, Легионерларимиз уйинлари анонслари ва силкалари жойланиб борилади.. кимга кизу боса
&
Лучше Насаф
02/10/2021 18:19
Sevilya zoʻr variyant
&
Рахимов Илхомжон
02/10/2021 18:03
Ромада қолгани маъқул!!!!