Shomurodovning transfer summasi keskin ko‘tarildi!

  • 15 oktabr, 2021, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt  portali A Seriyaning 121 nafar futbolchisining transfer summalarini yangiladi.

Yangi reytingda A Seriyadagi gegemonligini boy bergan “Yuventus” futbolchilarining narxi pasayganini ko‘rish mumkin. Keyingi paytda o‘yini kuchayib borayotgan “Napoli” va “Milan” jamoalari a’zolarining transfer summasi ko‘tarilib bormoqda. Yuksalishga erishgan klublar orasida “Roma”ni alohida ko‘rsatish darkor.  Ayniqsa, A Seriya haqida gap ketganda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini Eldor Shomurodov haqidagi ma’lumotlar ko‘proq qiziqtiradi.

Xo‘sh, bugungi kunda A Seriyaning eng qimmat o‘yinchisi kim?

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya chempionatining eng qimmat futbolchisi “Inter” vakili Lautaro Martines hisoblanadi. Joriy mavsumda chempionlik unvonini himoya qilayotgan argentinalik hujumchining transfer summasi 80 million evroni tashkil qilmoqda.

large (1)_15

“Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligtning narxi besh millionga arzonlaganiga qaramay, niderlandiyalik himoyachi 75 million evrolik summa bilan eng qimmat futbolchilar reytingida ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

“Yuventus”ning yana bir vakili Federiko Kezada o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Ko‘plab grand klublar orzusiga aylangan hujumchi 70 million evroga baholanmoqda va reytingda kuchli uchlikdan joy oldi.

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Roma”ning eng qimmatbaho o‘yinchisi – jamoa sardori Lorentso Pellegrini bo‘ldi. Joze Mourino qo‘l ostida o‘yini ochilib borayotgan va narxi besh million evroga ko‘tarilgan yarim himoyachining to‘liq transfer summasi 45 million evroga chiqdi.  

“Roma”ning qimmatbaho uchligidan narxi 40 million evroligicha qolgan yarim himoyachi Nikolo Dzanolo va A Seriya debyutanti – 38 million evroga baholayotgan angliyalik hujumchi Temmi Abraxam joy oldi.

O‘zbek futboli muxlislari uchun xushxabar shunday iboratki, “Roma”ga o‘tgan Eldor Shomurodov transfer narxi oshgan “Roma” futbolchilari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi va qimmatlaganlarning umumiy reytingida beshinchi o‘rindan joy oldi. Legionerimiz avvalgi reytingga nisbatan ikki baravar qimmatlagan va uning narxi 7 milliondan 14 million evroga ko‘tarilgan. Bu o‘zbek futbolchilari uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

large (2)_8

Transfermarkt portali vakillari Shomurodovga quyidagicha izoh berdi:

Narxi sezilarli darajada ko‘tarilgan o‘yinchilar qatoriga “Roma” futbolchisi Eldor Shomurodov ham qo‘shildi. Rimliklar tomonidan “Jenoa”dan 17,5 million evroga xarid qilingan o‘zbek hujumchisi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab kelmoqda. U Temmi Abraxamning asosiy o‘rinbosari, “joker” vazifasini ajoyib tarzda uddalamoqda, “bo‘rilar” hujumini kuchaytira olyapti. Bu omillar Shomurodovning transfer summasini ikki barobar oshishiga xizmat qilmoqda.

A Seriya o‘yinchilari orasida narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchi “Milan” vakili Fikayo Tomori hisoblanadi. Uning narxiga 12 million qo‘shilib, ayni paytda 40 million evroga etdi. Shomurodovdan oldinda “Napoli”dan Viktor Osimxen, “Fiorentina”dan Dushan Vlaxovich, “Milan”dan Braim Dias qayd etilgan.

Narxi ko‘tarilgan futbolchilar o‘nligiga eng ko‘p “Roma” vakillari kiritildi. Ushbu ro‘yxatda Eldor Shomurodovdan tashqari Matias Vina, Lorentso Pellegrini hamda Rik Karsdorp ham o‘rin olgan.

marktwertverluste-seria-a-ru-1634191738-72795

Transfermarkt portalida arzonlagan o‘yinchilar reytingi o‘nligining teng yarmi “Yuventus” vakillaridan tarkib topdi. Narxi eng ko‘p tushgan futbolchi turinliklar darvozaboni Voytsex Shchensni bo‘ldi. Uning transfer summasi 10 million evroga pasayib, ayni paytda 15 million evroga tenglashdi.

Narxi pasayganlar orasida “Yuventus”dan tashqari “Napoli”, “Latsio” va “Inter” futbolchilari ham bor. Buni quyidagi ro‘yxatdan ko‘rib olishingiz mumkin.

marktwertspruenge-seria-a-ru-1634191823-72796

“Roma”: Eng kam maosh, uch termadan taklif kutayotgan legioner va boshqa qiziqarli xabarlar

Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘yinda Shomurodovga suyanishiga to‘g‘ri keladi, chunki...

“Real” “Roma” hujumchisini olmoqchi. U kim ekan?

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!