Tezkor! Italiya matbuoti: Shomurodov transferiga bir qadam qoldi!

  • 22 avgust, 2022, 06:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” va “Bolonya” rimliklar hujumchisi Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida turibdi.

Italiya futboliga ixtisoslashgan https://footballnews24.it hamda https://www.pagineromaniste.com saytlarining xabar berishicha, “Bolonya” sport direktori Jovanni Sartori o‘zbek hujumchisi bo‘yicha “Roma” talabini qabul qilgan.

Unga ko‘ra, bolonyaliklar Eldor Shomurodovni bir mavsum ijarada o‘ynatadi va kelasi yoz hujumchini sotib olish majburiyatini qabul qilishga ham rozi bo‘lgani aytilmoqda.

picture_19

Ayni paytda tomonlar o‘rtasida hal qilinishi kerak bo‘lgan bitta masala qoldi. Manbalarning ta’kidlashicha, “Bolonya” Shomurodovni transfer qilish majburiyatini 10 million evro qilib belgilanishini so‘ramoqda.

Bir yil muqaddam o‘zbek hujumchisi uchun “Jenoa”ga 18 million evro to‘lagan poytaxtliklar zarar miqdorini kamaytirish uchun bolonyaliklardan 14 million evro talab qilyapti.

“Bolonya” sport direktori Jovanni Sartori “Roma” klubi manfaatini himoya qilayotgan hamkasbi Tyagu Pintoni Eldorni 10 million evroga qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi qoldi xolos. Sartori kelasi hafta ichida transferni to‘sib turgan 4 million evrolik tafovutni yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘radi.

Bolonyaliklar bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich hujum chizig‘ida tajribali Marko Arnautovichga sherik bo‘ladigan va keyinchalik uning o‘rniga asosiy to‘purar bo‘lib qoladigan mahoratli futbolchi sifatida Eldor Shomurodovni tanlagan.

“Roma” bosh murabbiy Joze Mourino kelasi mavsum Eldor Shomurodovga imkon bermasligini ma’lum qilgan. Yangi chempionatning birinchi turida ham portugaliyalik mutaxassis legionerimizga imkoniyat bermadi.

Eldor faoliyati davomida O‘zbekiston, Rossiya va Italiya chempionatlarida to‘p tepgan. Milliy Superligamizda “Mash’al” va “Bunyodkor”, Rossiya premer-ligasida “Rostov” va Italiya A Seriyasida “Jenoa” va “Roma” sharafini himoya qilib, https://www.transfermarkt.world sayti ma’lumotiga ko‘ra,  klublar miqyosida jami 221 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 marotaba golli pas uzatgan.

large_29

Bundan tashqari, ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hisoblangan hujumchimiz mamlakat bosh jamoasida 56 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 30 ta to‘p yozdirib qo‘ygan.

Premer-liga klubi O‘runovni olish shartini aytdi!

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodovni olishga so‘nggi urinish!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!