
Timur Gurtskaya: O‘runov “Spartak”ga umuman kerak emas!
Futbol eksperti Timur Gurtskaya “Spartak”ning 19 yoshli Oston O‘runovni transfer qilayotganiga keskin fikr bildirdi.
- O‘runov taklif qilinayotgan pozitsiya uchun “Spartak”ga hech kim kerak emas. Ularda hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynay oladigan Kral, Til va Zobnin kabi futbolchilar bor. Boshqa amplualar esa kuchaytirilishga muhtoj.
Ular O‘runovni nega olishayotganini tushunmadim. Buni Gazizovdan so‘rash kerak. Tushunarsiz holat.
Hujumkor futbolchi sifatida O‘runovga aniq pas etishmaydi, tayanch yarim himoyachisi desak, himoyaviy harakatlari va to‘pni olib qo‘yish koeffitsenti yuqori emas. Nega uni olishayotganini tushunarsiz, - dedi Gurtskaya.
Garchi, Timur Gurtskaya “Spartak”dagi o‘zgarishlarni tanqid qilayotgan bo‘lsa-da, aksariyat mutaxassislar Oston O‘runov tezligi, kurashuvchanligi, driblingi, jismoniy ustunligi va kreativ o‘yin uslubi orqali “Spartak”ni kuchaytirishiga ishonmoqda. Buyog‘ini esa, vaqt ko‘rsatadi.
“Navbahor” legioneri: O‘runov – o‘zbeklarning Xalki, u hammasini uddalaydi!
Odil Ahmedov: O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi
O‘runovning “Spartak”dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
Koronavirusdan davolanayotgan O‘runov “Spartak”ni tanladimi?
Fikrlar