
Ukrainalik mutaxassis Bektemir Meliqo‘zievning Kovalyovga qarshi imkoniyatlariga baho berdi
Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang borasida xorijlik mutaxassislarning ham fikrlari bilan qiziqib bormoqdamiz. Bu safar “Mir boksa” promouterlik kompaniyasining menejerlaridan biri ukrainalik Alik Frolovning jang borasidagi mulohazalarini taqdim etamiz.
- Bektemir - havaskorlar orasida nomdor bokschilardan biri hisoblanadi, u professional boksga o‘tganida birdan kuchli bokschilar bilan to‘qnash kelishni xohladi. Bunga biroz vaqt ketdi va hozir unda professional boks yulduzi bilan tushish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu jang oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Shunday bo‘lsa-da, Bekda g‘alaba uchun barcha sifat etarli. "Kim tavakkal qilmasa, u haqida hech kim hech narsa bilmaydi", - deganlar. Bu raqib ustidan erishilgan g‘alabadan so‘ng, Bektemir haqida butun dunyo gapira boshlaydi. Bu Bek xohlagan narsa, bu barcha bokschilar xohlaydigan narsa. Bektemirda bunday imkoniyat bor.
Eslatib o‘tamiz: Bektemir Meliqo‘ziev hamda Sergey Kovalyov o‘rtasidagi jang 30 yanvar kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bektemir Meliqo‘ziev Kovalyovni mag‘lub eta oladimi? Boks murabbiylari javob berdi (2-qism)
Hasanboy Do‘smatovga menejeri qanday va’da bergandi?
Fikrlar