Umarov o‘ynamasa kim xavfli vaziyat yaratadi? Shahbozning jamoadan chetlatilgani BATE muxlislariga yoqmadi!

  • 21 fevral, 2022, 09:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus futborlini yorituvchi jurnalist Vladislav Tatur BATEning o‘zbekistonlik legioneri Shahboz Umarov o‘rtoqlik uchrashuvlarining birida yangi bosh murabbiy Aleksandr Mixaylov bilan tortishib qolgani uchun asosiy tarkibdan cheltatilib, o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazilgani va klub uni sotib yuborishni rejalashgtirayotgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Ta’kidlash lozimki, avval o‘rinbosarlar tarkibi bilan ishlagan Aleksandr Mixaylov 10 yanvardan birinchi jamoa  bosh murabbiyligiga o‘tkazilgan edi.

11.06.2021_bate_neman_duble_1

Ayrim imanbalarda Shahboz Umarov bosh murabbiy bilan orada ziddiyat yo‘qligini jarohati bois uni almashtirishlarini so‘ragani va buni kimlardir noto‘hri tushunganini ta’kidlagan.

Shunday bo‘lsa-da, BATE muxlislari Vladislav Tatur tarqatgan xabarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatini bildirmoqda. Sports.uz portali e’tiboringizga muxlislarning masala bo‘yicha ayrim fikr-mulohazalarini  havola etadi.

Vasiliy Pupkin:

Ie, yangi murabbiy hali shug‘ullantirishni boshlashga ulgurmay jamoaning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri bilan janjallashibdi. Mixaylov, bu ketishda borar joying ma’lum...

Sharl:

Mixaylov boshlagan joyi – ikkinchi ligaga qaytadi! O‘zini haqiqiy murabbiy, deb o‘ylabdi.

Dmitriy Munsk:

Umarov bo‘lmasa, kim xavfli vaziyatlarni yaratadi?

intro20211206100333

Oleg Kurbat:

Shahboz o‘ziga xos o‘yinchi, klub bu ziddiyatni bartaraf etishi kerak. Birinchi navbatda, klub manfaati uchun.

Ogneff:

Murabbiyning hurmati yo‘q. U o‘yinchiga e’tiroz bildirdi, Umarov esa buni tan olmadi. Asosiy tarkib o‘yinchilarining aksariyati murabbiy bilan tortishadi. Rahbariyat yangi murabbiyga obro‘sh olib berish uchun o‘yinchini jazoladi.

Aleks Bond:

Mixaylov tez orada o‘rinbosarlarga qaytadigandek ko‘rinmoqda.

Logs Cloud Developer:

Umarovni hozir emas, yozgi transfarlar vaqtida sotish kerak. Hozir ketsa, qanotlarimiz bo‘shab qoladi.

Siarhei Ramanouski:

Tez orada kelishib olishadi, degan gaplar yuribdi.

Anton:

Kreativ yondashadigan o‘yinchini ayblab bo‘lmaydi. Ayniqsa, o‘rtoqlik uchrashuvida. Umarovni o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazishda mantiq yo‘q. Jarima solish kerak edi. Iqtidorli o‘yinchilarning xarakteriam murakkab bo‘ladi. Uni tarkibdan chiqarish echim emas. BATE zo‘r futbolchidan ayriladi xolos. Murabbiy shogirdlari ko‘ngliga yo‘l topishi kerak . Umarovga maydonda ko‘proq erkinlik berish lozim. Muammo bo‘lsa, hammaning oldida izza qilmay, birga bir gaplashib olish eng to‘g‘ri yo‘l.

theuser:

Mixaylov ham murabbiymi? U hali murabbiylikka o‘qiyapti xolos. Jismoniy tarbiya murabbiyi terma jamoa o‘yinchisiga aql o‘rgatmoqchi bo‘libdi, Umarov uning o‘rnini ko‘rsatiyu qo‘ygan. Mixaylov arazlab, rahbariyatga shikoyat qilgan.

01F05495-942C-41FC-A6BB-06638854D63A-820x420

Denis:

O‘tgan mavsumda Umarov oltita gol urib, ettita golli pas oshirdi. Eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri. Uning o‘yinini bo‘g‘may, erkinlik bering. Mixaylov o‘yinchilarga bunday munosabat qiladigan darajada obro‘li murabbiy emas. Agar futbolchiga yo‘l topa olmasa, ayb murabbiyda bo‘ladi.

Takaya_zhiznya:

Bolalar futbolidan kelgan murabbiy erkaklar bilan ishlashni bilmaydida!

Manchesterliklar “Roma”ning hujumdagi futbolchisini chorlamoqda. U kim ekan?

Mourino “Roma”da qoladiganlar va yozda ketadiganlar nomini aytdi. Shomurodov qaysi guruhda?

Temmi Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!

Shomurodov Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepishi mumkin! Buning uchun esa...

Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!