Xitoyliklar faqat legionerlar uchun pul sarf etishmaydi

CHERY AUTO

Xitoy klublari mavsum avvalida transfer bozorini larzaga solishiga ko‘nikib ham qoldik. Ko‘pchilikning fikricha chinliklar faqat legionerlar uchun katta summa sarf etishadi. Ammo shunday xitoylik futbolchilar borki, ular uchun jamoalar Axmedovning transferidan salkam 3 barobar ko‘p summa to‘lashgan. Quyidagi maqolamiz orqali esa aynan qimmatbaho xitoylik futbolchilar haqida hikoya etamiz.

Tecno

>>Buffonning 1000 ta o‘yini raqamlarda

>>Gol urishni “Chicharito”dan o‘rganing yoxud Meksika termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

>>O‘zbekiston – Qatar uchrashuviga oid faktlar va statistikalar

 

Chjan Chendun – Xitoy terma jamoasi yarim himoyachisi uchun “Xebey Chayna” jamoasi Egor Krimets o‘ynaydigan “Beyjing Guoan” jamoasiga 20,4 mln evro to‘lashdi. 27 yoshli futbolchi Evropada ham anchagina tajriba orttirgan. U bir necha yil Portugaliya(“Mafra”, “Leyriya” va “Beyra-Mar”)da, ikkinchi Bundesliga(“Ayntraxt B”)da va nihoyat o‘tgan mavsum “Rayo Valekano”da to‘p surgan. Transfermarkt saytida unga qo‘yilgan narh esa 475 ming evrodir.

Tszin Yan’yan – “Xebey Chayna” klubi o‘z navbatida 23 yoshli himoyachisini 10,83 mln evro evaziga “Guanchjou Fuli”ga sotdi. Terma jamoada umuman o‘ynamagan ushbu futbolchini transfermarkt 400 ming evroga baholgan edi.

>>Futbol tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 18 futbolchi

Bi Tszinxao – “Xenan Tszyane” jamoasi esa o‘z hujumchisini “Shanxay Shenxua”ga 9,98 mln evroga pulladi. Vaholanki, uning xizmatlarini transfermarkt 125 ming evroga baholagan edi.

>>Ispaniyada tayinli hujumchi chiqmaganmi yoxud “qizil furiya” tarixidagi eng yaxshi to‘purarla

28 yoshli Chjan Lu esa o‘tgan yili qishda “Tyantszin Tsyuantszyan”ga 9,8 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan. Transfermarktning bahosi esa – 100 ming evrodir.

>>Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

“Tyantszin Tsyuantszyan”ning yana bir katta haridi bu Sun Ked bo‘ldi. 27 yoshli vinger uchun 9,2 mln “limon” to‘langan. Uning iqtidorini esa germaniyalik mutaxassislar 825 mingga baholashgan.

O‘tgan yili esa “Xebey Chayna” chap qanot himoyachisi – Din Xayfen uchun 7,1 mln evro to‘lagan.

2015 yilning so‘nggi kunida esa Gu Tsao Xitoyning eng qimmatbaho darvozaboni bo‘lgan edi. Transfermarkt 200 ming evroga baholagan kiperni “Tszyansu Sunin” 7,05 mln evroga sotib olgan edi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!