
Xorijlik ekspertlar Fayzullaevga tan bera boshladi
Rossiya Premer-ligasining 10-turi yakunlandi. Futbol ekspertlari o‘yinlar tahlilini boshlab yubordi. Premer-liga uchraguvlari statistikasi bilan shug‘ullanayotgan “Rustat” kompaniyasi turli pozitsiyalar bo‘yicha haftaning eng zo‘r 11 nafar futbolchisini aniqlab, ularni ramziy terma jamoaga jamladi.
Moskvada “Baltika”ga qarshi kechgan bahsda TsSKAning beshta uchrashuvdan iborat g‘alabasiz seriyasini yakunlanishiga katta hissa qo‘shgan Abbosbek Fayzullaev ham ekspertlar nazaridan chetda qolmadi.
Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabon: Nikolay Sisuev, “Orenburg”
Bu darvozabon mamlakatning ko‘p karra chempioni “Zenit”ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchisi daqiqasida gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, qolgan vaqt mobaynida piterliklarning barcha zarbalarini qaytardi va jamoasining 3:1 hisobida g‘alaba qozonishida xizmati katta bo‘ldi. O‘yin davomida 12 ta seyv namoyish qilgan Sisuev faoliyatidagi eng yorqin o‘yinini o‘tkazdi.
Chap qanot himoyachisi: Yuriy Gorshkov, “Krilya Sovetov”
Yuriy Gorshkov turning haqiqiy qahramonlaridan bo‘ldi. Himoyachi mamlakatning eng mashhur klubi “Spartak” futbolchilarini o‘z darvozasiga yaqinlashtirmadi va bundan tashqari poytaxtliklarga bir juft gol ham urdi. Yuriy uzatgan paslarning 93 foizi aniq bo‘ldi, himoyachi yakkakurashlar, raqibdan to‘pni olib qo‘yish va aldab o‘tishda biror marta yutqazmadi.
O‘ng qanot himoyachisi: Glenn Beyl, “Krilya Sovetov”
Niderlandiyalik legioner o‘z pozitsiyasidagi vazifalarini mukammal bajardi. “Spartak” futbolchilari uning qanotida hech narsa qila olmadi. Paslarining 78 foizi manzilga aniq bor. Yakkakurashlarning barchasida ustanlik qildi va raqib jarima maydonchasiga uzatgan 7 ta pasidan to‘rttasi jamoadoshiga aniq bor.
Markaziy himoyachi: Matias Peres, “Orenburg”
Argentinalik markaziy himoyachi “Zenit” hujumchilarini o‘z darvozasiga yaqinlashtirmadi. Bundan tashqari hujumchilarga yordamga o‘tib, golli vaziyatda ishtirok etdi. Matiasning 89 foiz pasi aniq chiqdi, 12 ta yakkakurashdan o‘ntasida ustunlik qildi, raqibdan to‘pni olib qo‘yishda 100 foizlik natija ko‘rsatdi.
Markaziy himoyachi: Roman Evgenev, “Krilya Sovetov”
Roman “Spartak”ga qarshi o‘yinda o‘z pozitsiyasini mustahkam ushlash barobarida “spartakchilar”ni butun maydon bo‘ylab ta’qib qildi va ularga umuman o‘yin bermadi. 19 ta yakkakurashdan 14 tasida g‘olib chiqdi, aniq paslari 81 foiz bo‘ldi.
Tayanch yarim himoyachi: Dmitriy Barinov, “Lokomotiv”
“Temiryo‘lchilar”ning etakchisi o‘z zonasida har doim yuqori saviyadagi o‘yinni namoyish qiladigan Barinov “Nijniy Novgorod” hujumlarini qaytarishda ham jonbozlik ko‘rsatdi. Paslaridan 89 foizi aniq bo‘ldi, beshta urinishdan to‘rttasida raqibini aldab o‘tdi va yakkakurashlarning 11 tasidan 8 tasida g‘olib chiqdi.
Chap qanot yarim himoyachisi: Brayan Mansilya, “Orenburg”
Argentinalik yarim himoyachi hujum boshlash va kombinatsiyalarni yakunashga ustaligini yana bir bor ko‘rsatdi. Raqibdan to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha mahorati zo‘r. Brayan “Zenit” darvozasiga uchinchi to‘pni kiritib, g‘oliblik masalasini hal qildi.
O‘ng qanot yarim himoyachisi: Gustavo Mantuan, “Zenit”
Braziliyalik futbolchi deyarli har hafta ramziy terma jamoaga kiritilyapti. “Orenburg” qarshi bahsda ham o‘z pozitsiyada faol o‘ynadi. Hatto darvozasiga tezkor gol urib, “Zenit” muxlislarini xursand qilgandi. Biroq raqib shu kuni piterliklardan har tomonlama ustunlik qildi.
Markaziy yarim himoyachi: Abbosbek Fayzullaev, TsSKA
Yaqinda yosh o‘zbek futbolchisining tur ramziy terma jamoasiga kirishi doimiy an’anaga aylanib qoladi. Fayzullaev yorqin o‘yini va kutilmagan qarorlari bilan “armiyachilar” jamoasiga shu qadar yaxshi singib ketdiki, TsSKAda xuddi o‘n yildan beri to‘p tepayotgandek, taassurot qoldirmoqda.
Klubning selektsiyasi xizmati bu o‘yinchini olib nishonning o‘rtasini urdi, deyish mumkin. Abbosbekning paslaridan 85 foizi manzilga aniq bordi, jarima maydonchasiga uzatgan oltita pasidan beshtasi aniq chiqdi, raqiblarni aldab o‘tishdagi ko‘rsatkichi 75 foizni tashkil qildi. “Baltika” singari taslim bo‘lmaydigan jamoa bilan o‘yinda bu ko‘rsatkichlarning ahamiyati yanada oshadi.
Hujumchi: Jon Kordoba, “Krasnodar”
Kolumbiyalik legioner hm Rossiya Premer-ligasining deyarli har bir turida yuqori saviyada o‘ynab kelmoqda. Kordoba Qozon shahrida “Rubin”ga qarshi kechgan bahsda hisobni ochib, g‘alabaga tamal toshini qo‘ydi. Bu g‘alabadan keyin “Krasnodar” musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Hujumchi: Benjamin Garre, “Krilya Sovetov”
Mavsumning yana bir kashfiyoti Benxamin Garre “Spartak”ga qarshi bahsda 90 daqiqa davomida raqib himoyachilarini bosim ostida ushlab turdi. Argentinalik charm to‘p ustasi jamoasining uchinchi golini urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Fayzullaev Evropaga ketishga tayyorlanyapti!
Legionerlarimiz tarixiy chempionlik ostonasida
Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...
Legionerimiz qahramonlar qatorida
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?
Fikrlar