Zo‘r yangilik: Husanovni “top-5”dan 13 ta klub kuzatyapti. Ular qaysilar?

  • 28 oktabr, 2024, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov bugungi kunda O‘zbekistonning eng mashhur futbolchisiga aylanib bormoqda. 20 yoshli himoyachi nom qozonish borasida Evropa futbolidagi eng tajribali yulduzimiz Eldor Shomurodov, Rossiyada hamma o‘zini qaratayotgan Abbosbek Fayzullaev, Krishtianu Ronaldu bilan do‘stlashib olgan Jaloliddin Masharipovni ham ortda qoldirib ketdi.

Tecno

Bu bejiz emas, albatta. Abduqodir Husanov “Lans” safida  Frantsiya chempionati va O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda juda yuqori saviyada o‘ynamoqda.

Ayniqsa, “Lans” jamoasi qanday natija qayd etishidan qat’i nazar, Abduqodir Husanov muntazam eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lib kelyapti. Bir necha tadqiqot va statistika markazlari legionerimizning Evropaning eng kuchli himoyachilari qatorida e’tirof eta boshladi.

Tabiiyki, yosh iqtidor egasining porlayotgani Evropaning eng kuchli ligalaridagi klublar e’tiborini o‘ziga tortmasdan qolmaydi.

Evropa matbuoti turli klublarning o‘zbek futbolchisiga qiziqayotgani haqidagi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.

Xususan, jeunesfooteux.com portali eksperti Loik Jego “top-5” ligalaridan Abduqodir Husanovni nishonga olgan klublar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

- Qishki transfarlar davri yaqinlashib kelayotgani bois, ko‘p klublar Abduqodir Husanovning o‘yinini kuzatish uchun “Lans”ning “Lill”ga qarshi uchrashuviga diqqat qaratdi.

Bir yildan sal oshiqroq muddat oldin “Lans” 100 ming evroga transfer qilgan 20 yoshli o‘zbek futbolchisi hammani hayratga solishda davom etmoqda. Ayniqsa,  bosh murabbiy Uill Still qo‘l ostida uning o‘yini borgan sari ochilib boryapti.

Yangi  transfer oynasi ochilishi oldidan Husanovning reytingi muntazam ko‘tarilib borayotganini ta’kidlash lozim.

Turli manbalar o‘zbek legioneriga Angliya Premer-ligasidan “Chelsi”, “Nyukasl”, “Tottenxem”, “Kristal Pelas”, “Brentford”, “Brayton”, “Vest Xem”, Germaniya Bundesligasidan “Leyptsig”, “Bayer”, Italiya A Seriyasidan “Atalanta”, “Napoli”, Frantsiyaning o‘zidan PSJ va “Marsel” qiziqish bildirayotganini va uning o‘yinlarini kuzatib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqatmoqda.

Ularning aksariyati “Lans”ning chempionat to‘qqizinchi turida “Lill” bilan bo‘lgan bahsini kuzatgani ortida aniq reja va maqsadlar bor, - deb yozdi jeunesfooteux.com portali eksperti Loik Jego.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” tizimida tarbiyalangan. Professional faoliyatini Belarus oliy ligasida “Energetik-BGU” safida boshlagan. “Lans” 2023 yilning yozida iste’dodli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Husanov Frantsiya chempionatidagi birinchi va yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. U Liga 1 o‘yinlaridan tashqari lansliklar safida UEFAning uchala musobaqasi – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida ham ishtirok etdi.

Abduqodir Husanov transfermarkt.world portali tomonidan 5 million evroga baholanmoqda. Biroq Frantsiya matbuoti “Lans” o‘zining yangi yulduzini 30 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini yozyapti.

Mana haqiqiy talant! “Chelsi” yulduziga o‘zbek hujumchisidan o‘rnak olishni aytishdi!

O‘zbek legioneri eng zo‘r o‘yinini “Real”ga qarshi o‘tkazgan edi...

Xorijlik murabbiy: Yaxshiboev masjiddan keliboq, gol urib bergandi...

Fayzullaev katta gapirib yubordi!
Raqibiga elka solib, qo‘rqitib qo‘ygan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ravil
28/10/2024 21:15
Omadini bersin Abduqodirga. Soglik bersin unga