Abramov "Zenit"ga qarshi o‘yindan keyin "qovun tushirdi"

  • 12 fevral, 2021, 18:41
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaning "Zenit" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Afsuski, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Menimcha, bu raqibning bir-ikki kundan keyin Evropa Ligasida o‘ynaydigan tarkibi. Ular bizga qaraganda bu o‘yinga ancha tayyor edi. 4ta gol biz uchun, albatta, ko‘p. Iordaniyaga qarshi bahsda boshqa rejalarimizni ham amalga oshirib ko‘ramiz. Muxlislar natijadan xafa bo‘lgani aniq, ammo biz zaxira kuchlarimizni sinab ko‘rishimiz kerak edi. O‘zimiz ham buncha gol o‘tkazib yuborganimizdan ranjidik. Oldinda vaqt bor va hammasini to‘g‘rilaymiz. Yig‘inga taklif qilingan futbolchilar bilan kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin. Shu bois, ularning imkoniyatlarini ko‘rib oldik", - dedi Abramov.

Ma’lumot uchun, "Zenit" EChL "F" guruhida 1 ochko bilan 4-o‘rinni olgandi. Shu sababli, piterliklar Evropa Ligasida ham ishtirok eta olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
13/02/2021 10:14
Шу таркибда,Алижоновдан бошка термага тортса буладиган уйинчи умуман йукку. Буларга пул сарфлаб,йигин килишга бало борми.
Дилшод Даврлнов
12/02/2021 20:12
Бунинг хам томи кйтишни бошлабди