
Argentinada futbol vaqti stadionga portlovchi vosita uloqtirildi
Argentina chempionatida g‘ayritabiiy jarayon ro‘y berdi. Gap shundaki, "Rosario Sentral" - "Nyuells Old Boyz" uchrashuv arafasida tomoshabinlar maydonga portlovchi vosita uloqtirgan.
Oqibatda, maydonda chuqur hosil bo‘lgan, bu esa o‘yinning kechiktirilishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda "Nyuells Old Boyz" klubi "Tvitter" sahifasida quyidagicha yozib qoldirdi:
"Jamoalar maydonga chiqib keldi. Ular rasmga tushish uchun yig‘ilib turgandi.
Keyin kutilmaganda stadionga portlovchi vositalar otildi. Bu jarima maydonchasining tutun bilan qoplanishiga sabab bo‘ldi".
Keyinroq davom ettirilgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar