
EChL finalini boshqaradigan hakam nomi e’lon qilindi
Xabaringiz bor bu yilgi Chempionlar ligasi finalida ikki ingliz klubi – “Liverpul” va “Tottenxem” o‘zaro bahs olib boradi.
UEFA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu bahsni sloveniyalik Damir Skomina boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Yure Praprotnik va Robert Vukanlar yordam berishadi. To‘rtinchi hakam sifatida esa ispaniyalik Antonio Mateu Laos ishlaydi.
Shu kuni VAR, ya’ni videoassistentreferilar sifatida gollandiyalik Danni Makkeli va Pol van Bukel, shuningdek, germaniyalik Feliks Tsvayer va Mark Borshlar tanlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Tottenxem” bahsi 1 iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar