
Eng faol harakat qilgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Italiya A Seriyasining 29-turida “Kalyari” futbolchilari safarda “Montsa” mehmoni bo‘lib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
E’tiborli jihati, avvalgi turda “Salernitana” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan Eldor Shomurodov uzoq tanaffusdan keyin ilk marotaba boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Legionerimiz bu uchrashuvda ham eng faol harakat qilgan futbolchilardan biri bo‘lib, sport formasi yuqori darajada ekanini yana bir karra namoyish qildi.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan calciocasteddu.it sayti “Kalyari” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.
Simone SKAFFET 6:
“Kalyari” darvozaboni o‘zi ko‘rsatishi uchun ko‘p imkoniyat bo‘lgani yo‘q. Maldini urgan golda uni ayblab bo‘lmaydi.
Gabriele DZAPPA 5,5:
Faol o‘ynashga harakat qildi, bir necha bor hujum uyushtirishga urinib ko‘rdi.
Mateush VIETESKA 6:
O‘yin boshida biroz qiynaldi, biroq keyinchalik o‘z darajasiga chiqib oldi. Bir necha marotaba jamoasini oldinga boshladi.
Alberto DOSSENA 6:
Raqib futbolchisi Milan Djurich bilan murosasiz kurashdi. Aksariyat vaziyatlarda ustunlik qildi.
Tommazo AUJELLO 5,5:
Bu futbolchiga barqarorlik etishmayapti. Ayrim uchrashuvlarda ishonchli harakat qilmoqda. Lekin bu galgi o‘yin kutilganidek bo‘lmadi. Bu unga qimmatga tushishi mumkin.
Naytan NANDES 5,5:
O‘ziga o‘xshamadi. Qat’iyat bilan o‘ynaganiga qaramay, noaniq va samarasiz harakatlari ko‘p bo‘ldi.
Antuan MAKUMBU 5:
Bu gal bo‘sh o‘ynadi. Murabbiy talab qilayotgan sifatni namoyish eta olmadi. Tanaffusda o‘rnini Matteo Pratiga bo‘shatib berdi.
Matteo PRATI 5,5:
Klaudio Raneri yarim himoyani kuchaytirish uchun Pratini maydonga tushirdi. Yosh o‘yinchi buni kutilgan darajada uddalay olmadi.
Alessandro DEYOLA 5,5:
Ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirish imkonini yuboy berdi. 59-daqiqada ogohlantirish olgani unga bosim o‘tkazdi.
Yakub YaNKTO 5:
Chap qanotdan deyarli hujum uyushtira olmadi. Asosan himoyalanishiga to‘g‘ri keldi. Tanaffusda zaxiraga olindi.
Gaetano ORISTANIO 6:
Yanktoning o‘rniga ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazgan futbolchi texnik jihatdan etuk o‘yin namoyish qildi. Jamoasi o‘yinini kuchaytira oldi.
Janluka LAPADULA 6:
Butun uchrashuv davomida raqibga bosim uyushtirdi, himoyachi Pablo Mari bilan kurash olib bordi.
Eldor ShOMURODOV 6,5:
“Kalyari” o‘yinchilari orasida eng faoli bo‘ldi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda juda ko‘p harakat qildi. O‘zbekistonlik legionerning jismoniy holati o‘sib borayotgani o‘yinlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Klaudio RANЬERI 6:
Kladuio Raneri jamoasi butun uchrashuv davomida o‘yinni ushlab turishga intildi, mezbonlarga kzp hujum uyushtirish imkonini bermadi. Ijobiy natija uchun ozgina qat’iyat etishmadi.
Husanov bu jamoa ustuniga aylanadi
Fayzullaev “gapi”ga javob berdi
“Lans” Husanovni kuzatib qo‘yadi
Fayzullaev TsSKAda asosiy tarkibdagi joyidan ayrildimi?
Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?
Fikrlar