“Liverpul” chempionlikdan keyin yangilanadi. Jamoadan ketadiganlar nomini e’lon qildi

  • 18 iyun, 2020, 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionligiga yaqin turgan Yutgen Klopp yozda jamoada jiddiy o‘zgarishlar qilishga kirishdi.

Avvalo, germaniyalik mutaxassis o‘z jamoasi “Vulverxempton” yarim himoyachilari Adam Traore va Ruben Neveshni ko‘rmoqchi.

Yangi futbolchilarga joy ochish va pul topish maqsadida “Liverpul” olti nafar futbolchisini sotishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Jerdan Shakiri, Adam Lallana, Divok Origi, Deyan Lovren, Marko Gruyich va Xarri Uilson yozda o‘zlariga boshqa jamoa topishga majbur bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Liverpul” yana bir necha futbolchidan voz kechishni rejalashtirgani haqda ma’lumotlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!