O‘zbek jamoalari jahon reytingida nechanchi o‘rinda?

  • 1 fevral, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi –  IFFHS 2023 yil yakuni bo‘yicha jahonning eng kuchli jamoalar reytingini e’lon qildi.

Tecno

Ushbu ro‘yxatni tuzishda jamoalarning 2023 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga bo‘lgan muddatda qayd etgan ko‘rsatkichlari asos qilib olindi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yili Angliya chempionligi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqib, trebl qayd etgan “Manchester Siti” dunyoning eng kuchli jamoasi sifatida qayd etildi.

53d9d5ce2ec0e1790cb1cd91b7fc2e7a654aac708fa3d571903522

Xosep Gvardiola shogirdlari avvalgi reytingda ham peshqadamlik qilgan edi.  

Kuchli uchlikdan Madridning “Real” va Milanning “Inter” jamoalari ham joy oldi. Qizig‘i shundaki, bu ikki jamoa o‘tgan yili chempionlik unvonlarini raqiblari – mos ravishda “Barselona” va “Napoli”ga topshirib qo‘ygan edi.

Reytingning to‘rtinchi pog‘onasida Afrika qit’asi vakili – Misrning “Al-Ahli” klubi qayd etilgan.

Yuqorida keltirilgan to‘rt jamoadan tashqari Niderlandiya grandi “PSV Eyndxoven” ham kuchli beshlikdagi joyini o‘zgarishsiz saqlab qoldi.

Osiyo klublari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga tegishli va u umumiy reytingda 31-o‘ringa chiqib olgan.

O‘zbekiston klublari o‘rtasida etakchilik “Nasaf” klubiga nasib qildi. Qarshi shahri jamoasi yangi reytingda o‘n pog‘ona ko‘tarilib, umumiy reytingning 204-qatoriga joylashib oldi.

Namanganning “Navbahori” ham o‘sishga erishdi. Bu jamoa reytingda 228-o‘rindan 209-pog‘onaga chiqib oldi.

O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor” garchi reytingga kiritilgan bo‘lsa-da, “sherlar” biroz pastlaganini ko‘rish mumkin. Poytaxt jamoasi avvalgi ro‘yxatda 348-o‘rindan joy olgan edi. Bu gal 29-pog‘ona quyiga sho‘ng‘ib, 377-qatorga tushgan.

IMG_1135

O‘zbekiston futbolchilari legioner sifatida o‘ynayotgan jamoalar orasida IFFHS reytingida faqatgina Moskvaning TsSKA klubini ko‘rish mumkin.

Abbosbek Fayzullaev to‘p tepayotgan jamoa umumiy reytingning 383-qatorida bormoqda. Bu Rossiya klublari o‘rtasida eng yuqori ko‘rsatkich.

Ro‘yxatga kiritilgan Rossiyaning qolgan jamoalaridan “Krasnodar” 455, “Zenit” va “Lokomotiv” bir xil – 604-qatordan joy egallagan.

Xalqaro tashkilotning yillik reytingiga Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlaridan faqatgina bittadan jamoa kiritilgan. Xususan, Qirg‘izistonning “Abdish ota” jamoasi 383-o‘rinda, Qozog‘istonning “Astana” klubi 417-qatorda, Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi 617-pog‘onada ko‘rsatilgan. Tojikiston klublariga esa, bu galgi ro‘yxatdan joy berilmadi.

Shomurodov – eng kuchli ligada o‘ynaydi!

Tailandlik futbolchi O‘zbekistonni qanday yutishmoqchi ekanini aytib qo‘ydi

O‘zaro ilk o‘yinda 9 ta gol yoxud O‘zbekiston va Tailand o‘yini oldidan zo‘r faktlar!

Murosasiz kurash: O‘zbekiston va Tailandning eng kuchli tomoni qaysi?

Legionerimiz yangi jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Shomurodov faoliyatida yangilik bo‘lishi kutilyapti!

O‘zbekiston “qora an’ana”ga chek qo‘ydi yoxud Qatardagi rekordlar, sensatsiyalar va faktlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
30/01/2024 10:44
Койил НАСАФДАН 173 погона пастда турган жамоа Узбекистон чемпион булса мана сизга хакикат УФА ПФЛ шармандаликни буйниларингга олинглар утку бу мен булсам курсимни ташлаб чикиб кетардим .
Тажибоев Мирзаакбар
30/01/2024 06:45
Хақиқий рейтинг бўлибди СЕН қайдаю МЕН қайдаман
narkabilov suyun
30/01/2024 06:22
Ана Пахтакорнинг у́рни уятээээ