
PSJ Mbappe haqida muhim xabarni e’lon qildi
"Pari Sen-Jermen" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe kasal bo‘lib qoldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Futbolchiga LOR infektsiyasi tashxisi qo‘yilgan. Tafsilotlar ikki kun ichida e’lon qilinadi. Uning 29 oktyabrda “Lill”ga qarsh uchrashuvda maydonga tushishi hozircha ma’lum emas.
22 yoshli Mbappe joriy mavsum PSJda jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar