
Ramos PSJ bilan shartnomasini bekor qilishi rostmi?
PSJning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramosning akasi va agenti hisoblangan Rene Ramos ukasining frantsuz grandi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Serxio faoliyatini tugatish yoki klub bilan shartnomasini bekor qilish niyatida emas. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Hozir uning jarohati bor. Serxio qachon sog‘aysa, o‘shanda o‘ynaydi”, - dedi Rene.
Eslatib o‘tamiz, 35 Ramos PSJ safiga joriy yoz “Real”dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar