“Real”: Mbappe o‘rniga mana shu futbolchini olamiz!

  • 26 oktabr, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyatining yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe olishga ishonchi komil emas.

Tecno

Birinchidan, bu yulduzga egalik qilish juda katta xarajatlarni talab qiladi. Qolaversa, mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadigan yulduz moliyaviy jihatdan qudratli klublar o‘rtasida talash bo‘ladi.

Shu bois, “Qirollik klubi” Mbappe o‘rniga boshqa hujumchini olish versiyasi bo‘yicha ham ish boshlashga qaror qildi. Madridliklar “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen Mbappe o‘rnini bosishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli nigeriyalik hujumchi barcha turnirlarda to‘qqizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Napoli” bu futbolchini ushlab qolish maqsadida uni 100 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!