Shomurodov “Roma”dan ketmoqchi. Unga Italiyadan tashqari boshqa chempionatdan ham taklif bor!

  • 22 noyabr, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlarida UEFA vakillari – Qozog‘iston va Rossiya milliy terma jamoalariga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida yuqori sport formasida ekanini ko‘rsatdi.

“Roma” hujumchisi qozog‘istonliklar darvozasiga kiritilgan ikkita golda ham ishtirok etdi. Dastlab, uning hujumidan keyin to‘pni qabul qilib olgan Hojimat Erkinov hisobni ochgan bo‘lsa, Eldorning o‘zi uch nafar himoyachini ortda qoldirib, g‘alabani mustahkamlagan gol muallifi bo‘ldi.

Rossiya terma jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda ham Shomurodov kuchli beshlik chempionatida to‘p tepishga loyiqligini ko‘rsatdi. U raqib darvozasi oldida rossiyaliklarning butun jamoasidan ko‘proq xavfli vaziyatlarni uyushtira oldi.

IMG_3811

Terma jamoadagi muvaffaqiyatlariga qaramay, Shomurodov “Roma”da zaxirada qolib ketmoqda. Endi legionerimiz yanvar oyida o‘ziga boshqa jamoa topishga qaror qilgani aytilmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Shomurodovga “Kremoneze”, “Sampdoriya” va “Bolonya”dan aniq takliflar bor. Ayrim manbalarda “Torino” va “Montsa” ham o‘zbek futbolchisini hamkorlikka chorlayotgani ma’lum qilindi.

Shomurodov yarim mavsum ijarada o‘ynab, “Roma”ning asosiy tarkibga loyiq o‘yinchi ekanini isbotlab qo‘yishga qaror qilgani alohida e’tirof etilmoqda. Haqiqatan ham Eldor “Roma”ga o‘tganidan beri Joze Mourino biror marta uni bir necha o‘yinda ketma-ket maydonga tushirmagan.

Yana bir manba – Italiyaning  https://www.pagineromaniste.com sayti ham Eldor Shomurodovning terma jamoadagi faoliyati va yanvarda ish joyida o‘zgarish bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar tarqatdi.  

- Terma jamoalar uchun ajratilgan tanaffus ko‘pincha Eldor Shomurodovning foydasiga ishlaydi. “Roma” hujumchisi O‘zbekiston terma jamoasis afida gol urish qobiliyatini namoyish qiladi, yaxshi o‘ynay olishini ko‘rsatadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi uni har doim boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirishi bejiz emas, - deb xabar tarqatdi https://www.pagineromaniste.com sayti.

Joze Mourino norvegiyalik hujumchi Ola Solbakkenni qo‘lga kiritdi. “Roma”dan ketadigan ijrochilar bor. Shomurodov esa, rimlik futbolchilar orasida transfer bozorida eng xaridori ko‘p o‘yinchiga aylangan.

Italiyaning bir necha klublari uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Lnkin Eldorda xorij klubidan ham yaxshi taklif bor. Shomurodov ko‘proq o‘ynashni xohlayotgan bo‘lsa-da, “Roma”ga qarshi gapirmaydi. U atrofdagi vaziyatni to‘g‘ri baholab, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Italiyaning boshqa klubiga o‘tishi yoki xorijga ketishi kerak, - deb yozmoqda La Gazzetta dello Sport  jurnalisti D'Ubaldo. 

“Roma” Eldor Shomurodovni 2021 yilning yozida “Jenoa”dan 18 million evroga transfer qilgan edi. Qariyb bir yarim yil davomida legionerimiz “Roma” tarkibida jami 48 ta uchrashuvda qatnashib, oltitadan gol va assist qayd etgan.

NuEHKjrHYqegNf7

“Jenoa”da esa 32 ta bellashuvda sakkizta gol va bir juft golli pas muallifi bo‘lgandi.

Shomurodovning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha imzolangan va bugungi kundagi transfer summasi 7 million evroni tashkil qilmoqda.

Agent: Shomurodovning bir o‘zi butun Rossiya termasidan ko‘p xavfli vaziyat yaratdi!

Shomurodov: Karpin Italiyada bu jamoani chempion qilardi!

O‘zbekistonda Rossiyada o‘ynashga qodir bir necha futbolchi bor!

O‘runov TsSKAda o‘ynab ketardi, hozir boshqa futbolchimiz “Spartak”da o‘ynashga qodir!

Karpin “Roma”da o‘ynay olmayotgan Shomurodovga yana qimmatli maslahat berdi, zora hammasi o‘zgarsa!

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Italiya klubi Shomurodovga joy berish uchun taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi

Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!