
Sterlingning ro‘yxatiga "Liverpul" ham kiritildi
Angliya chempionati 32-turi doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Liverpul"ni yirik hisobda mag‘lub etmoqda.
Uchrashuvning 35 daqiqasida Fil Fodenning uzatmasidan so‘ng "shaharliklar" forvardi Raxim Sterling "Liverpul" darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa angliyalik futbolchi APL bahslarida birinchi marotaba "qizillar" darvozasiga yo‘l topdi. Buning uchun Sterlingga 8 ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Bu vaqtgacha futbolchi "Liverpul" darvozasini bir marotaba, Angliya Superkubogida ishg‘ol qilgan edi.
Fikrlar