
"Tottenxem" "Ayaks"ning mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi
Xabaringiz bor “Ayaks” kecha Amsterdamda EChL yarim final javob bahsi doirasida “Tottenxem”ni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi dastlabki golga mezbonlar sardori Matteys de Ligt mualliflik qildi.
E’tiborlisi, “Ayaks” shu paytgacha EChL o‘yinlarida birinchi bo‘lib gol urib, hech qachon yutqazmagan edi. Ular 41ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan va 8tasida durang qayd etishgan. Biroq, "shporlar" amsterdamliklarning ushbu seriyasini yo‘qqa chiqarishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Ayaks” Londondagi ilk uchrashuvda “shporlar”ni 1:0 hisobida engan edi.
Fikrlar