
"Tottenxem"ning yangi stadionida ilk uchrashuv o‘tkazildi (video)
“Tottenxem” klubining yangi stadionida birinchi marta test rejimida futbol uchrashuvi o‘tkazildi.
“Shporlar” matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra yangi arenadagi ilk uchrashuv "Tottenxem" va "Sautgempton" klublarining yoshlar jamoalari o‘rtasida kechdi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “Tottenxem” o‘zining yangi stadionidagi ilk uchrashuvni 3 aprel kuni APLning 31-turi doirasidan o‘rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 62 ming muxlisni sig‘dira oladi.
Fikrlar