"Uzbek Tigers" - "China Dragons" jangiga marhamat!

CHERY AUTO

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning "Uzbek Tigers" bokschilari "S" guruhidagi to‘rtinchi tur uchrashuvini Xitoyning "China Dragons" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno
 

WSB. “Uzbek Tigers” (O‘zbekiston) vs “China Dragons” (Xitoy). Matnli translyatsiya

Ma’lumki, o‘tgan yildan buyon ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschilar joriy mavsumda Osiyo va Evropa mintaqasi jamoalaridan tarkib topgan "S" guruhidan joy olgan.

WSB turnirini kuzatayotgan mutaxassislar bu eng kuchli va murakkab guruh ekanini alohida e’tirof etmoqdalar. "S" guruhidan joy olgan jamoalar kuchli boks maktablariga ega mamlakatlar vakillaridir. Birinchi davradagi uchta uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning "Uzbek Tigers", Xitoyning "China Dragons", Rossiyaning "Patriot boxing team" va Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" jamoalarining bari keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega.

"Uzbek Tigers"ning raqibi "China Dragons" Toshkentga eng zo‘r bokschilarini olib keladi

"Uzbek Tigers": Xitoy ajdarlariga qarshi ringga kim chiqadi?

WSB direktori Kris Kennet: Jahonga mashhur o‘zbek bokschilari musobaqamizda qatnashayotganidan faxrlanamiz!

"China Dragons" menejeri: Jahonda etakchilardan bo‘lgan o‘zbek bokschilaridan ko‘p narsa o‘rganishimiz kerak

To‘lqin Qilichev: Birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyat bizni ertaga g‘alabaga undaydi

WSB turniri haqida batafsil yoxud UZBEK TIGERS bokschilarining guruhdan chiqish imkoniyati qanday?

Muxlislar “Uzbek Tigers” g‘alabasiga ishonadi!

WSB: "Uzbek Tigers" - "China Dragons". Matbuot anjumanidan fotogalereya

"Uzbek Tigers" bokschilari "China Dragons" jamoasini engishga so‘z berdi!

O‘z muxlislariga chiroyli g‘alabalar taqdim eta boshlagan "Uzbek Tigers" bokschilarini qo‘llab-quvvatlaylik!

Demak, bugun 18:30da "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘ladigan "Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvida quyidagi bokschilar o‘zaro kuch sinashadi:

52 kilogramm

O‘zbekiston chempionatlari sovrindori Abrorjon Qodirov - Osiyo va Xitoy chempioni Yong Chang

 

60 kilogramm

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliev - Xitoyning amaldagi chempioni Sen Vang

 

69 kilogramm

Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov - 2015 yilgi jahon chempionati sovrindori, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Vey Liu

 

81 kilogramm

Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Bektemir Meliqo‘ziev - 2016 yilgi Xitoy chempioni Jiabin Xuang – 2016 yilgi Xitoy chempioni

+91 kilogramm

Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov - 2015 yilgi Xitoy chempioni Xaypeng Mu – 2015 yilgi Xitoy chempioni

"Uzbek Tigers" - "China Dragons" uchrashuvining onlayn natijalari, fotoreportajlarini SPORTS.uz saytida kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!